LABORATORIYA ISHI № 1.
Mavzu:
Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish.
Ishning maqsadi:
Va,Yoki, Inkor mantiqiy elementi bilan tanishish, xaqiqiylik
jadvalini yaratishva elementi qatnashgan mantiqiy funksiyalarni hisoblash.
Nazariy qism.
Mikroprotsessor tizimi (MPS) ning asosiy qurilmasi bo’lgan mikroprotsessor
(MP) ikkilik sanoq tizimida ishlagani uchun komandalar va berilganlar shu sanoq
tizimida yoziladi. Mashinada signallar “0” va “1”, ya’ni mos ravishda past va yuqori
darajali signallar nomi bilan yuritiladi. Signallarning bunday ko’rinishi hech bir
qiyinchiliksiz mantiqiy o’zgaruvchilar yordamida ifodalanadi.
MP sxemalari ikkilik sanoq tizimida mantiqiy va arifmetik amallarni bajaradi.
“VA”, “YoKI” va “INKOR”
sxemalari asosida MP ning ixtiyoriy qurilmasini
to’liq qurish mumkin. Mp da mantiqiy amallar cheklangan, lekin ularni har biri
istalgan marotaba bajarilishi mumkin.
Ikkilik sanoq tizimida mantiqiy amallarni bajara oladigan
kombinatsion
sxemalar
bilan tanishib chiqamiz. Kombinatsion sxemalar raqamli sxemalar bo’lib,
ularning chiqishi ixtiyoriy vaqt davomida faqat kirishiga berilayotgan signallar bilan
aniqlanadi.
«VA» sxemasi
(mantiqiy ko’paytirish sxemasi) ikki va undan ortiq mantiqiy
qiymatlarni ko’paytirishni (konhyunktsiyani) bajaradi. Rasmda “
VA
” sxemasining
shartli belgisi ko’rsatilgan (a-maxsusbelgi, b-to’g’ri to’rtburchak ko’rinishidagi
belgi). Sxemaning Ychiqishi bilan A va B kirishlari orasidagi bog’lanishlarni
Y = A
B=A*B
munosabat bilan ifodalanadi. Sxemaning
A
va B kirishlarida
1
bo’lgandagina
Y
chiqishda
Dostları ilə paylaş: |