Tajriba kurilmasining tavsifi: Berilgan tajriba ishini bajarishda stendning quyidagi elementlaridan foydalaniladi:
1. Avtomatik o’chirgich SF - Tajriba stendiga kuchlanish uzatish uchun xizmat qiladi.
2. 1-9 tumbler yuritgich validagi yuklamani o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
3. Ph (aktiv) va Qh (reaktiv) energiya o’lchagichlari - yuritgichning aktiv va reaktiv quvvatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
4. Har biri 4 mkF sig’imli C kondensatorlar.
5. S, P kontaktorlarning knopkalari: KM - magnit ishga tushirgich. T - issiqlik relesi. Ta, Tb, Tc- fazalardagi tok transformatori. GPT – o’zgarmas tok generatori. AD -asinxron yuritgich. Rr- razryadlovchi qarshilik.
1-rasm.
Tajriba ishini bajarish uchun topshiriqlar: 1. Tajriba ishining mazmuni bilan tanishib chiqish;
2. Quvvat koeffitsiyentining yuritgichning yuklanish koeffitsiyentiga bog’liqligini olish [cos=f(K3)] va quyidagi holatlar uchun uning grafiklarini ko’rish:
a) asinxron yuritgich statorining chulg’ami “uchburchak” ulanganda;
b) asinxron yuritgich statorining chulg’ami “yulduz” ulangan;
3. Kondensator batareyalarining quvvat koeffitsiyentini normativ qiymatiga yetkazish uchun kerakli bo’lgan sig’imi va quvvatini aniqlash;
4. Kondensatorlarni ulash sxemasini yig’ish;
5. cos=f(K3) bog’liqligini olish va kondensatorlarning ishini hisobga olgan holda №2 bandda ko’rsatilgan holatlar uchun grafiklarni ko’rish.
Ishni bajarish tartibi va uslubi: 1. AD cho’lg’amlarini "yulduz" holatida ulash;
2. Avtomat SFni ulash;
3. Aktiv va reaktiv energiya ulagich diski besh aylanishini o’lchash va natijalarni 1-jadvalga kiritish;
4. Tumblerlar 19 yordamida dvigatel valiga yukni o’zgartirish;
5. SF avtomatni o’chirish;
6. AD cho’lg’amlarini "uchburchak" holatida ulash;
7. 3 va 4-punktlar bo’yicha tajribani takrorlash va ulchash natijalarini 1-jadvalga yozish;
8. Hisoblarni qilish va o’qituvchi topshirigiga binoan K3 muayyan kattalikda quvvat koeffitsiyentini normativ holatlarga keltirish uchun kondensator quvvatini aniqlash;
9. 1-rasm bo’yicha sxemani yig’ish;
10. 3-punkt bo’yicha o’lchash o’tkazish.