Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Variant:18
Cisco Packet Tracer dasturi yordamida LAN (Local Area Netowork) tarmogʻini
14 ta kompyuter va 2 ta Switch orqali hosil qilamiz
2.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi koʻrinishi
Dasturga 14 ta kompyuter va 2 ta switch uskunasini joylashtirib olamiz.
2.2-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Switchni Physical menyusidan 24 ta portga ega switch ekanligini koʻrishimiz mumkin. Bu switch orqali jami 24 ta kompyuterni bogʻlashimiz mumkin.
2.3-rasm. Cisco Packet Tracer dasturida qurilma
Config menyusidan Switchimizga SARDOR deb belgilab olamiz
2.4-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi swich sozlamasi oynasi
Switchimizni CLI menyusiga kirib kod yozib sozlab olishimiz mumkin.
2.5-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Biz bu yerda qaysi kompyuter qaysi portga bogʻlanishini oʻzimiz tanlaymiz
2.6-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Dasturga joylashtirib olgan uskunalarimizni avtomatik aloqa liniyasi orqali bogʻlab chiqamiz.
2.7-rasm. LAN tarmogʻi aloqa liniyasi orqali bogʻlanishi
IP Configuration bandini tanlab har bir kompyuterimizga IP manzil berib chiqamiz
2.8-rasm. Desktop minyusi
Bunda biz 192.168.1.1 dan ketma-ket ravishda 192.168.1.14 gacha manzil berib olamiz
2.9-rasm. IP manzillarni sozlash oynasi
Tarmoq toʻgʻri qurilganini tekshirib koʻrishimiz uchun, Command Prompt bandi orqali kirib qaysi kompyuter bilan aloqa qilmoqchi boʻlsak ping orqali IP manzilini yozib tekshiramiz
2.10-rasm. Desktop oynasi
Biz 3 va 6 kompyuterlarni aloqa almashinishini koʻramiz
2.11-rasm. Desktop oynasining kod yozish oynasi
Simulation oynasini ishga tushurib 3 va 6 kompyuterga xabar joʻnatib koʻramiz.
2.12-rasm. Tarmoqni testlash jarayoni
Yuqorida biz tarmoq toʻgʻri qurilganini koʻrishimiz mumkun.
Dostları ilə paylaş: |