4. Ishni bajarish tartibi. Materiallarning mexanik xossalarini tekshirish uchun undan ma’lum shakldagi namuna yasaladi. Bu namuna uzuvchi mashinalarning qisqichlari orasiga qo‘yib sinaladi. Bunday sinash ishlari mexanika laboratoriyalarida bajariladi. Sinov boshlashdan oldin 0,01 mm aniqlikdagi mikrometr ѐrdamila namuna hisobiy uzunligining diametri d va uning hisobiy uzunligi l ni o‘lchanadi, shuningdek 0,1 mm aniqlikdagi shtangensirkul vositasida namunada chuqur chiziqlar bilan belgilangan hisobiy uzunlik o‘lchanadi.
O‘lchangan namuna mashina tutqichlarida mahkamlanadi va to emirilgunga qadar yuklanishsekin-asta oshiriladi va namuna cho‘zilib boriladi. Sinov 4-10 m/min deformatsiya tezligida olib boriladi.
Tajribani diagramma apparati bo‘lgan istalgan mexanik ѐki gidravlik usulda ishlaydigan mashinada o‘tkazish mumkin. Mashina ishga tushgandan so‘ng kuchni ko‘rsatib boruvchi strelkani e’tibor bilan kuzatib turish lozim.
Mashinaning ishchi silindri 1 ga nasos 2 ѐrdamida bosim bilan moy xaydaladi. Moy nay orqali vanna 8 dan silindr 1 ga tushadi. Plunjer 3 ko‘tariladi. Mashina F kuch bilan ∆l uzayish orasidagi bog‘lanish diagrammasinichiza boshlaydi. Plunjer 3 ga rama 4 mahkamlangan. Rama 4 ni yuqori qismiga namuna 5 ni ushlab turish uchun qisqich o‘rnatilgan (cho‘zilishga sinash uchun). Namuna 5 ni siqishga sinash uchun rama 4 ni pastki qismiga o‘rnatiladi. Qo‘zg‘almas rama 9 .
Namuna 5 ga ta’sir qilaѐtgan kuchning miqdori monometr 6 bilan o‘lchanadi. Tajribadan so‘ng rama 4 ning harakati bilan bog‘liq holda moy vintel 7 orqali vanna 8 ga qaytib tushadi. Tajribadan so‘ng namunaning uzunligi l va bo‘yin hosil qilgan joydagi diametr d o‘lchab jadvalga ѐziladi.