Laboratoriya ishi 2
Linux OS Terminali bilan tanishing. Undagi asosiy buyruqlar ro`yxati va ularning tavsifi haqida tushunchaga ega bo`lgan holda Linux OS fayl tizimida fayllar bilan ishlang (skrinshotlarni ilova qiling)(.pdf).
Bu terminal. Terminal OT (Operatsion Tizim) da o’ranatilgan dasturlarga murojaat qilish uchun maxsus dastur. Uni kimdir terminal desa, kimdir console deydi. Windows da command line, ruschasiga комманданая строка, buyruqlar qatori nomli dastur bor bu vazifa uchun.
Terminal bu oddiygina oynalik dastur. U o’zida hech narsa saqlamaydi. Uning ishlashi uchun boshqa dastur kerak. Eng mashxuri bash. Yana bitta dastur bu shell. Ko’pchilik bash ni qulayroq deb bilishadi, shu jumladan men ham. Lekin hammaning didi har hil.
PWD
Uni terib, enter tugmasini bosamiz. Ekranga /home/kadirov jumlasi chiqdi. Bu qaysi papkada turganimiz haqida ma’lumot. pwd – Print Working Directory degani. Qaysi papkada ishlayotganimni ekranga chiqar degan ma’noni beradi.
mkdir
mkdir buyrug’i Make Directory so’zidan qisqartma bo’lib, u yangi papka yaratish uchun xizmat qiladi. Ushbu dastur nomidan so’ng yangi papka nomini yozamiz. Dastur bizga hech qanday xabar chiqarmasdan nihoyasiga yetdi. Bu yaxshi, chunki terminalda xabar yo’qliginig o’zi — hushxabar. Agar biror xato bo’lganida — biz bu haqda xabarni ko’rgan bo’lar edik.
ls
ls. Ushbu buyruq biz turgan papka ichida joylashgan fayl va papkalarni ekranga chiqaradi. E`tibor bering, biz oldinroq yaratgan test papkasi ham ko’rinmoqda.
File yaratish uchun quyidagi komandani kiritamiz
touch filenomi.txt
Fileni taxrirlash uchun nano dan foydalanamiz.
Ctr+x ni bosib va y ni yozib enterni bosamiz shunda biz yozgan matn saqlanadi.
Fileni o’chirib tashlash uchun rm –rf filenomi buyruqidan foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: |