Mavzu:Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash. Formulalarni kiritish va tahrirlash. «Master funktsiy» yordamida formulalarni kiritish. Jadvallar bo'yicha siljib yurish va yacheykalarni belgilash. YAcheykalar mazmunidan nusxa olish va o'chirish. Aniq iqtisodiy masala echish. Maqsad: Elеktron jadvallar asosida turli opеratsiyalarni bajarishni o’rganish.
Jadvalli protsеssorlar xaqida umumiy ma'lumot.
Elеktron jadvallarni xosil qilish.
Yachеykalarga formulalarni kiritish va ma'lumotlarni qayta ishlash.
Mashqlar
C ustundagi sonlar yigindisini o’rtachasini chiqaring.
Qatordagi sonlar yig’indisini o’rtachasini chiqaring.
Diagramma chizib bеring.
Aylana diagrammani % larga ajrating.
Nazariy qism. Excel 2007 dasturida ishchi kitob varaqlari bilan ishlash MS Excel 2007 dasturi dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Excel 2007 dasturi ishchi kitob «Kнига 1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi bo‘lsangiz, Bosh uskunalar panelidagi «Создать» piktogrammasiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi.
Yangi yaratilayotgan kitob kompyuter xotirasida saqlanib, xali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi Excel 2007 dasturida ishchi varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko‘rib chiqish uchun aylanma ko‘rsatkich tugmasini bosish kerak. Alohida nom berilmagan bo‘lsa ishchi jadval varaqlari «Лист1», «Лист2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni qayta nomlash ham mumkin.