Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Laboratoriya ishini bajarish uchun dasturdan foydalangan holda kerakli boʻlgan tarmoqni loyihalab olish kerak boʻladi.
Quyidagi rasmda sodda holdagi tarmoq misol keltirilgan tarmoq uchun bir nechta kopmyuter, switch, server axborot uzatuvchi kabellar va eng asosiysi router qurulmasi asosida loyihani amalga oshiriladi. Barcha qurulmalar kabellar orqali ulangan.
Kerakli routerni sozlash uchun ushbu router hususiyatlari oynasiga kiriladi. Sozlamalar rejimiga oʻtgandan soʻng bir nechta buyruqlar ketma-ketligini kiritish lozim.
Shu bilan birga biz routerni chap tomonni LAN tarmoq desak, oʻng tomonini Internet tarmogʻi desak LAN tarmogʻimizni Internet tarmogʻiga bogʻlashimiz uchun router eng katta manba hisoblanadi.
6.1-rasm. Sozlamalar oynasi
Routerga kirib sozlamalr rejimidan routerni chap va oʻng tomonidan kelgan interfeys portlari yoqiladi va shu inerfeyslarga Gateway IP adresi beriladi.
Kiyingi kiritadigan buyruqlar LAN tarmoq tamondagi foydalanuvchilarga yanada qulaylik tugʻdirish maqsatida routerda DHCP protokolining buyruqlari kiritiladi. DHCP bu LAN tarmogining foydalanuvchilariga avtomatik tarzda IP addres ketma-ketlikda berishi tushuniladi.
6.2-rasm. LAN tarmoqni sozlash jarayoni
DHCP prtokoli kiritib olingach, foydalanuchini kompyuteri aftomatik tarzda IP address olganini koʻrish uchun “Desktop” boʻlimiga oʻtiladi.
6.3-rasm. IP addressni koʻrish oynasi
Routerga komandalarni kiritilgandan soʻng LAN tarmoq bilan Internet orasida olaqa borligini, foydalanuvchi kopyuteridan paket yuborish orqali tekshirib koʻrish mumkin.
6.4-rasm. Tarmoqni tekshirish jarayoni
Foydalanuvchi kompyuteridan paket yoborilib swichdan, routerdan oʻtib serverga yetib borib, yana paketning qaytib kelish holati quydagi rasmlarda koʻrsatilgan (6.6, 6.7, 6.8- rasmlar).
6.5-rasm. Paket yuborilish holati
6.6-rasm. Paketning qabul qilinishi
6.7-rasm. Paketning qayta aloqasi
Dostları ilə paylaş: |