Laboratoriya ishi №6 Kommutatorning port-security funktsiyasini o`rganish Ishdan maqsad



Yüklə 97,77 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü97,77 Kb.
#189239
  1   2   3



Laboratoriya ishi №6
Kommutatorning port-security funktsiyasini o`rganish
Ishdan maqsad: Kommutatorning tarmoqni kommutatsiya jadvalini toʻldirishga qaratilgan hujumlardan himoya qilishga imkon beruvchi port-security funksiyasini o`rganish.
Cisco Packet Tracer-da lokal tarmoqni tashkil etish misoli keltirilgan. Tarmoq topologiyasi 8.1-rasmda keltirilgan. Quyida bosqichma-bosqich koʻrsatma berilgan.

8.1-rasm - Tarmoq topologiyasi
Amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi:
1. Packet Tracer-ning pastki chap burchagida "Сетевые коммутаторы" qurilmalarini tanlang va oʻng tomondagi roʻyxatda 2950-24 tugmachasini sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish orqali tanlang, uni ish joyiga qoʻying. 8.2-rasm, 8.3-rasm va 8.4-rasmga muvofiq biz tarmoq konsentratori (Hub-PT) va ish stantsiyalari (PC-PT) bilan ham shunday qilamiz.

8.2-rasm. Mavjud qurilmalar roʻyxatidan kommutatorni tanlash


8.3-rasm. Konsentratorni tanlash

8.4-rasm. Kompyuterni tanlash

Kompyuterlarni, kommutatorlarni va konsentratorni ish joyiga joylashtirish 8.1-rasmda keltirilgan.



  1. Keyinchalik, mos interfeyslardan foydalangan holda, 8.1-rasmda koʻrsatilgandek, qurilmalarni ulash kerak. 8.5-rasmga muvofiq "Copper straight-through", ya`ni "mis" kabellar kompyuterlarni kommutator va konsentratorga ulash uchun ishlatiladi.



8.5-rasm. Mis kabelni tanlash

Kommutetor va konsentratorni bir-biriga ulash uchun, 8.6-rasmda koʻrsatilgandek «copper cross-over» ya`ni mis oʻtkazgich kabelidan foydalaniladi.


8.6-rasm. Krossover kabelini tanlash

Bundan tashqari, ikkita qurilmani ulash uchun mos keladigan kabel turini tanlash va bitta qurilmani (ixtiyoriy bo`sh FastEthernet portini tanlash) va boshqa qurilmani (shuningdek, ixtiyoriy bo`sh FastEthernet portini tanlash), 8.2, 8.3, 8.4-rasmlarga muvofiq bosishingiz kerak.



8.7-rasm. Kompyuterda bo`sh portni tanlash

8.8-rasm. Kommutatorda bo`sh portni tanlash

8.9-rasm. PC0 va kommutator0 to`g`ri mis kabel bilan ulash

Boshqa barcha qurilmalar uchun ulanish xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Kommutator va konsentrator oʻrtasidagi aloqa krossover orqali amalga oshiriladi.


3. Keyingi eng muhim bosqich - sozlash hisoblanadi. OSI tarmogʻi modelining dastlabki darajalarida ishlaydigan qurilmalarni ishlatayotganimiz sababli (kommutator 2-daraja, konsentrator 1-daraja), ularni sozlashning hojati yoʻq. Faqatgina ish stantsiyalarini sozlash kerak, ya’ni: IP-manzillar va pastki tarmoq maskalari. Quyida faqat bitta stantsiyani (PC0) sozlash keltirilgan, qolganlari xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Biz 8.7-rasmga muvofiq kerakli ish stantsiyasini ikki marta bosamiz.

8.10-rasm. PC0 sozlash oynasi

Ochilgan oynada "desktop" yorligʻini tanlang, soʻngra 8.11-rasmga muvofiq "IP konfiguratsiyasi" IP-manzilini oʻrnating.



8.11-rasm.”Desktop” oynasi




8.12-rasm - IP-manzilni tayinlash

Xuddi shunday, IP-manzillar boshqa barcha kompyuterlarga manzil jadvaliga muvofiq tayinlanadi.



8.1-jadval. Adreslash jadvali



  1. Sozlash tugagandan soʻng, ping jarayoni amalga oshiriladi. Masalan, u PC5 dan boshlanadi va PC1 bilan aloqani tekshiradi, asosiysi, shart bajarilishi kerak: paketlar kommutator va konsentrator orqali uzatilishi kerak. Buning uchun kerakli ish stantsiyasini ikki marta bosing, ochilgan oynada 8.8-rasmga muvofiq "Desktop" yorligʻini, soʻngra "Command prompt" buyruq satrini tanlang.



8.8-rasm - buyruq satri rejimini tanlash

8.14-rasmda koʻrsatilgandek buyruq satri oynasi paydo boʻladi.



8.14-rasm. Buyruq satri oynasi

Buyruq satriga PC>ping 192.168.0.4 so`rovini kiritib, Enter bosamiz. Agar hamma sozlash to`g`ri bajarilgan bo`lsa, u holda 8.15-rasmda keltirilgan quyidagi axborot taqdim etiladi.



8.15-rasm. Ping utilitasining natijasi oynasi

Bu aloqa o`rnatilganligi va tarmoq ishlayotganini bildiradi.





Yüklə 97,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin