Laboratoriya ishi №6
Mavzu: Metallarni payvandlash usullari
Ishdan maqsad: Metallarni payvandlash usullarini o‘rganish.
Umumiy ma’lumotlar.
Metallarni payvandlash usullari ko‗p (elektr yoy yordamida, gaz alangasi
yordamida, kontaktli payvandlash va h.k.) bo‗lib, ulardan foydalanish ishlash
sharoitiga qarab tanlanadi.
Mashinasozlikda eng ko‗p qo‗llaniladigan usul bu elektr yoy yordamida
payvandlash usuli. Elektr yoy yordamida payvandlash oddiyligi va turli metallarni
har xil holatda puxta payvandlashi sababli keng foydalaniladi. Bunda chok sifati,
ish unumdorligi payvandlanuvchi metallar xiliga, markasiga, tipiga, qalinligiga,
payvandlashga tayyorlanganligiga, fazodagi holatiga, tok xiliga, payvandlash
rejimiga, ishchi malakasiga va boshqa ko‗rsatkichlarga bog‗liq.
Metallarni uchma-uch qilib metall elektrod bilan elektr yoy yordamida
dastaki payvandlashda ularning qalinligiga ko‗ra payvandlash joylarini qanday
tayyorlash kerakligi 6.1-rasmda ko‗rsatilgan.
Shuni qayd etish joizki, barcha payvandlash ishlari maxsus xonada
bajariladi. Odatda, kichik va o‗rtacha o‗lchamli buyumlarni payvandlash u qadar
katta bo‗lmagan xonada (2500x2000x2100 mm li), tegishli moslamalar bilan
jihozlangan, zarur tok keltirilgan, barcha xavfsizlik texnikasi talablari ko‗rilgan
quruq va yorug‗ xonada olib borilmog‗i kerak. Bu xonada portlovchi moddalar,
benzin, moyli idishlar va ishga xalaqit beradigan buyumlar bo‗lmasligi kerak. Ish
jarayonida xona vaqti-vaqti bilan shamollatib turilmog‗i lozim. Payvandchining
asosiy ish asbobi elektrod tutqich, to‗skqich va boshqalar bo‗ladi. Elektrod
tutqichlar (prujinali, plastinkali, vintli) elektrodni yaxshi tutib, kontakt beruvchi
bo‗lishi bilan zaruriyatda elektrodni tez almashtiradigan, yengil va ishga kulay
bo‗lishi kerak.
Bosim bilan payvandlash usuliga kiradi:
Elektr kontaktli, induktsion, diffuzion, ultra tovushli, ishkalanish bilan va
sovuq holda payvandlash usulari.
Ishlatiladigan energiyani turiga qarab payvandlash bo‗lishi mumkin:
A) elektrik usullari, elektrshlakli, kontaktli va boshqalar
b) ximiyaviy gazli, termitli.
v) mexanik (sovuq holda ishqalanish bilan payvandlash)
bundan tashqari metallarni xar xil usullar bilan kesish masalalari va metallarni
kovshirlash texnalogiyasi ham shu bo‗limda ko‗riladi.
6.1-rasm. Metallarni elektr yoy yordamida uchma-uch dastaki payvandlashda
qalinligiga (S, mm) ko‗ra chetlarini tayyorlash:
a — chetlari qayrilgan; b — chetlari kertilmagan; v — chetlari V simon
kertilgan; g — chetlari X simon kertilgan; d — chetlari U simon kertilgan
Payvandlashda ishchi metall uchkunlaridan, yoy ajratayotgan infra va
ultrabinafsha nurlardan saqlanish, bostirilayotgan chokni kuzatish uchun maxsus
oynali to‗sqich yoki shlem maskada, brezent korjoma va qo‗lqopda ishlashi shart.
CHok sirtida yopishgan shlakni tozalab turish uchun po‗lat simli shotka, zubilo
bolg‗acha, chok o‗lchamini kuzatib turishda andaza va o‗lchov asboblari bo‗lishi
kerak.
2-rasm. O‗zgarmas tok yordamida metallarni dastaki payvandlash posti:
1 - tok tarmog‗i; 2 - rubilnik; 3 - tok o‗zgartkichi; 4, 5 - elektr simi; 6 - zagotovka;
7 - elektrod tutkich; 8- to‗siq; 9 - stol; 10- rostlagich
Yoy quvvati. Metallarni metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida
payvandlashda chok metalini zaruriy temperaturagacha qizdirish tezligi yoy
quvvatiga bog‗liq. Yoy quvvati esa tok kuchiga, kuchlanishiga, elektrodlar
materialiga va o‗lchamlariga, elektrodlararo muhitga va boshqa ko‗rsatkichlarga
bog‗liqdir. Agar elektrodlar materiali, ularning oraliq muhiti bir deb olsak, yoy
yonishida ajralayotgan issiqlikni quyidagi formula bo‗yicha ifodalash mumkin:
Bu yerda K — tok kuchlanishining nosinusoidal koeffitsienti (o‗zgarmas
tokda K = 1, o‗zgaruvchan tokda K= 0 ,7 -0 ,8 olinadi), I — tok kuchi, U — tok
kuchlanishi, V.
Dostları ilə paylaş: |