4. Tajriba bir xil yukchalar bilan o’tkazilganda tizimning tezlanishi ham bir xil bo’ladi.
(10)
5. Tekis tezlanuvchan harakatda yo’l qonunini tekshirish aniqligini baholash uchun, har xil o’tilgan yollarda tezlanishni topishdagi nisbiy xatolikni hisoblash kerak.
Bu yerda
Savol va topshiriqlar. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi?
Javob:Jismning mexanik harakati deb, uning boshqa jismlarga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o'tishi bilan o'zgarishiga aytiladi
Javob: Ko’chish va harakat tushunchalari kinematikaning asosiy tushunchalaridir. Nuqtaning ma‘lum vaqt oralig’ida fazoda bir holatdan boshqa holatga ixtiyoriy ravishda o`tishi ko’chish deyiladi. Nuqtaning boshlang’ich holatdan oxirgi holatga vaqtga bog’liq holda aniq bir usulda o`tishiga harakat deyiladi. Fazoda harakatlanayotgan nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan holati bilan vaqt orasidagi bog’lanishni ifodalovchi tenglamaga nuqtaning harakat qonuni deyiladi.
Nyutonning birinchi va ikkinchi qonunlarini ta’riflang.
Javob: Nyutonning harakat qonunlari klassik mexanikaning uchta asosiy qonuni boʻlib, jismning harakati va unga taʼsir qiluvchi kuchlar oʻrtasidagi munosabatni tavsiflaydi. Harakatning uchta qonuni birinchi boʻlib Isaak Nyuton tomonidan 1687-yilda chop etilgan "Philosophiæ Naturalis Principia Mathematica"("Tabiiy falsafaning matematik asoslari ") asarida bayon etilgan
Ushbu qonunlarni quyidagicha izohlash mumkin:
Agar kuch taʼsir qilmasa, tana tinch holatda yoki toʻgʻri chiziqda doimiy tezligida harakatda qoladi.
Jismga kuch taʼsir qilganda, uning impulsiningoʻzgarish tezligi kuchga teng boʻladi.
Agar ikkita jism bir-biriga kuch taʼsir qilsa, bu kuchlar bir xil kattalikka ega, ammo qarama-qarshi yoʻnalishga ega.
Qattiq jism deb qanday jismga aytiladi? Javob: Absolyut (mutlaq) qattiq jism deb, hech qanday sharoitda deformaatsiyalanmaydigan jismga aytiladi.
Jismning impul’si deganda nimani tushunasiz?
Javob: Impuls bu jismning harakat miqdori oʻlchovi: qancha massa qanday harakatda ekani. U, odatda, P bilan belgilanadi.
Taʼrifga koʻra, p= mv
Bu yerda m massa va v tezlik. Impulsning asosiy birligi kg*m/s. Impuls vektor kattalik. Impuls massa va tezlikka chiziqli proporsional, sodda qilib aytganda, massa yoki tezlikdan ixtiyoriysini ikki marta orttirish impulsning ikki marta ortishiga olib keladi.