Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik


Protokol Secureshell (SSH)



Yüklə 461,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix10.12.2022
ölçüsü461,65 Kb.
#73713
1   2   3   4   5   6   7
1-laboratoriya ishi

Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni 
boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‗lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi 
qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‗rniga SSH protokolini qo‗llash 


tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. 
Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan 
xavfsiz 
ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari 
(foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar 
bilan 
bog‗lanishda himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya 
(foydalanuvchi nomi va paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek 
qurilmalar o‗rtasidagi uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-
port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‗rnatish uchun eskirgan usul 
xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‗lanishi yordamida routerning yordamchi 
portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham 
tarmoqdan tashqari ulanishni ta‘minlaydi va konfiguratsiya yoki tarmoq 
xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‗lsa, 
masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi. 
Kerakli resurslar:  
– 1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 15.0(2), obraz 
lanbasek9);
– 1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP da 
emulyator terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty);
– cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun console kabeli; 
– ethernet kabeli.
1. Kommutatorni sozlashni tekshirish 
1.1. Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang 
a. Topologiyaga mos ravishda konsolli ulanishni o‗rnating. Bunda
Ethernet kabelini PC-A ga ulamang (bu real qurilmaga ulanishda). 
b.  Tarmoq qurilmasini sozlashda konsolli port yoki Telnet / SSH ulanish 
uchun terminal (m: komp‘yuter)da emulyatsiya dasturlari mavjud bo‗lishi kerak. 
Ushbu dasturlardan ba‘zilari quyidagilardir: 

PuTTY; 



Tera Term; 

SecureCRT; 

HyperTerminal; 

Terminal OS X. 
Laboratoriya ishini bajarishda topologiyani qurish va Cisco kommutatoriga 
konsol kabeli bilan bog‗lanish yoki uzoqdan kirish usuli (telnet yoki SSH) orqali 
kirishga ruxsat olish kerak. Kommutatorning asosiy ko‗rsatkichlarini sozlashdan 
oldin kommutatorning dastlabki xolatini tekshirish kerak. Kommutatorning bu 
ko‗rsatkichlariga qurilmaning nomi, interfeysning nomi, lokal parollar, MOTD 
(qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri, IP manzil, statik 
MAC manzilni qo‗yilganligi kiradi.

Yüklə 461,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin