Transport input ssh kanal konfiguratsiya rejimida VTY kanalida SSH
protokoli yoqiladi. Kommutatorlarda VTY kanalining diapazoni 0 dan 15 gacha
bo‘ladi. Bunday sozlash SSH protokolidan boshqa barcha ulanishlar (Masalan;
Telnet)ni bekor qiladi va kommutatorga faqat SSH protokoli bo‘yicha ulanishga
ruxsat beradi. Global konfiguratsiya rejimida line vty buyrug‘i beriladi, so‘ng SSH
ulanish paytida foydalanuvchilarning lokal ma’lumotlar bazasidan lokal
autentifikatsiya ishlatilishi uchun kanalning konfiguratsiya rejimida login local
buyrug‘i beriladi.
6 – qadam. SSH versiya 2 ni qo‘llash
Tinch xolatda SSH ikkala versiya (1 va 2)ni qo‘llab quvvatlaydi. Agar ikkala
versiya ishlasa, u holda show ip ssh buyrug‘ining natijasi 1.99 versiya deb xabar
beradi. 1 versiyada ko‘p zaifliklar mavjud. Shu sababli faqat 2 - versiyani ishlatish
tavsiya qilinadi. Uni ishlatish uchun global konfiguratsiya rejimida ip ssh version
2 buyrug‘i beriladi.
Uzoqdagi qurilmaga xavfsiz ulanishni boshqarish uchun Telnet protokolini
o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Telnet da ochiq shifrlanmagan
matnli almashish ishlatiladi. SSH protokoli qurilmalar o‘rtasida uzatilayotgan
barcha ma’lumotlarni ishonchli shifrlash orqali uzoqdagi qurilma bilan xavfsiz
ulanishni ta’minlaydi.
|