qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‘rniga SSH protokolini qo‘llash
tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin.
Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan
xavfsiz
ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari
(foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar
bilan
bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya
(foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek
qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-
port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‘rnatish uchun eskirgan usul
xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‘lanishi yordamida routerning yordamchi
portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham
tarmoqdan tashqari ulanishni ta’minlaydi va konfiguratsiya yoki tarmoq
xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‘lsa,
masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi.
Dostları ilə paylaş: