Лаборатория машғулотлари учун таълим технологиялари. 1-mavzu: ta`lim texnologiyasining tuzilmasi
«3 X 4» METODI Metodning tasnifi: Ushbu mashg’ulot talabalarning aniq bir muammoni yakka xolda fikrlab hal etish, echimini topish, ko’p fikrlardan keragini aniqlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek, o’z fikrlarini ma`qullay olishga o’rgatadi. «3 X 4» Metodining maqsadi: Talabalarning mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab, ulardan nazari va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikrini o’tkazishga uni ma`qullashga, qo’yilgan muammoni echishda va ma`ruzaga umumiy tushuncha berishda o’tilgan ma`ruzalardan egallangan kasbiy bilimlarni amalda qo’llay olishga o’rgatish. «3 X 4» Metodining o’tkazish tartibi: Talabalarning umumiy soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruxlarga ajratadi; O’qituvchi mashg’ulotning maqsadi va o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi va har xil kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan varaqlarni tarqatadi; O’qituvchi guruhlarni varaqqa yozilgan asosiy fikrni faqat 3 ta so’z bilan ifodalashni aytadi va buning uchun aniq vaqt belgilaydi; Ushbu vazifa soat millari bo’yicha aylantiriladi va har gal yangi tushunchalar yozib boriladi; Guruh a`zolari varaqlardagi tushunchalar bilan tanishib yaxlit bir ta`rif keltirib chiqaradilar. Har bir guruhning mualliflik ta`riflarini guruh a`zolaridan biri taqdimot qiladi; O’qituvchi ularga ta`rif, izoxlab, tahlil qilib ularni baholaydi. Yüklə 1,4 Mb. Dostları ilə paylaş: |