Kimyoviy reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatining ta’siri
1-tajriba.Reaksiyani o‘tkazish uchun shtativda bir uchi suvli kristallizatorga tushirilgan gaz o‘tkazuvchi nay bilan ulangan probirkani tik holatda o‘rnating. Ikkinchi suv bilan to‘ldirilgan probirkani to‘nkarib suvli kristallizatorga tushiring. Gaz o‘tkazuvchi nay bilan ulangan probirkani 2/3 hajmigacha 0,1n sirka kislotasi bilan to‘ldiring va unga suvda yuvilgan va filtr qog‘oz bilan quritilgan 2-3 dona rux bo‘lakchalaridan tashlang. Probirkani gaz o‘tkazuvchi nay bilan berkiting. Gaz o‘tkazuvchi nayning ikkinchi uchini suvli probirkaga kiriting (probirkaga havo kirmasligini va undan suv to‘kilmasligini nazorat qiling). Sekundomer yordamida probirkani gaz bilan to‘lish vaqtini aniqlang.
Tajriba tugagandan so‘ng probirkadan sirka kislotasini to‘king, ruxni yuving, filtr qog‘ozi bilan quriting. Tajribani yuqoridagi usulda 0,1n HCl eritmasi bilan qaytaring.
Bir xil konsentratsiyadagi xlorid va sirka kislotalaring rux bilan reaksiyaga kirishish tezligini solishtiring va kuzatilgan hodisalarni tushuntiring.
ar ham qo‘llaniladi. Bunday moddalar ingibitorlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |