Geterogen kataliz
1-tajriba.Vodorod peroksid H2O2 eritmasidan 2 ml olib, unga ozgina MnO2 qo‘shing. Vodorod peroksidning shiddatli parchalanganini kuzatasiz. Shu tajribani MnO2 o‘rniga PbO2 olib ham takrorlang.
Manfiy kataliz
(tajriba mo‘rili shkafda bajariladi).
1-tajriba. Kichikroq kolbaga 15 ml distillangan suv solib,unga 2-3 minut oltingugurt (IV) -oksid (SO2) gazi yuboring. Hosil qilingan sulfit kislota (H2SO3) eritmasini ikki probirkaga 5 ml dan quying. Probirkaning biriga bir necha tomchi glitserin qo‘shing. Ikkala probirkani 600C ga qadar isitilgan suvli stakanga botiring. Probirkalar orqali baravar hajmda (30-40 pufakcha) kislorod o‘tkazing (kislorodni gazometrdan yuborish kerak). So‘ngra ikkala probirkaga baravar miqdorda bariy xlorid eritmasi soling (bariy xlorid eritmasiga bir necha tomchi HNO3 qo‘shilgan bo‘lishi kerak). Glitserin qo‘shilgan probirkada kam miqdorda loyqa paydo bo‘lganini kuzatasiz. Bajarilgan tajribada sodir bo‘lgan reaksiyalar tenglamalarini yozib bering.
Avtokataliz.
1-tajriba.Konus shaklidagi kolbaga 10 ml oksalat kislotaning (H2C2O4) 5% li eritmasidan solib, uning ustiga H2SO4 ning 0,1 n eritmasidan 5 ml qo‘shing. So‘ngra bu eritmaga byuretkadagi KMnO4 eritmasidan 1 ml soling. KMnO4 eritmasi ancha uzoq vaqtdan keyin rangsizlanadi (rangsizlangan vaqtni sekundlar hisobida yozib oling). So‘ngra yana 1 ml KMnO4 eritmasini qo‘shing; u ancha tez rangsizlanadi, yana 1 ml qo‘shsangiz, u yanada tez rangsizlanadi va hokazo. Buning sababi shundaki, bu tajribada sodir bo‘ladigan:
5H2C2O4 + 2KMnO4 + 3H2SO4 10 CO2 + K2SO4 + 2MnSO4 + 8H2O
reaksiyada hosil bo‘ladigan Mn2+ ionlari katalizatorlik vazifasini bajaradi. Bunga ishonch hosil qilish maqsadida probirkaga avval MnSO4 eritmasi solib, yuqoridagi reaksiyani amalga oshiring. Bu yerda ham avtokataliz ro‘y beradimi?
Dostları ilə paylaş: |