Laboratoriya mashg’uloti-6 Mavzu: hasharotlarni gʻumbagining tuzilishi va tiplari. Mashg’ulotdan maqsad



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü22,88 Kb.
#193002
  1   2   3
6-labor.entom.tahrir.


laboratoriya mashg’uloti-6
Mavzu: HASHAROTLARNI GʻUMBAGINING TUZILISHI VA TIPLARI.


Mashg’ulotdan maqsad: Talabalarga hasharоtlarning g’umbagining tuzilishi va ularning tiplari haqida ma‘lumot berish.
Kеrakli jihоzlar: mikroskop, kattalashtirib ko’rsatadigan lupalar, soat va buyum oynalari, uchi to’mtoq pintsetlar, hasharotlar g’umbagi tuzilish tiplari, slaydlar va fotosuratlar.
Nazariy tushuncha.

      1. Erkin, harakatchan ochiq g‘umbaklar. Bunday g’umbaklarda voyaga yetayotgan hasharotning qanotlari va oyoqlari tanasida ochiq joylashgan bo’lib, tashqi tomondan yaxshi ko’rinib turadi. Bu guruhga buloqchilar, chivinlar, suvda yashovchi to‘r qanotlilar va ayrim qo‘ng‘izlarning g‘umbaklari misol bo’ladi. Bunday g’umbaklar birmuncha harakatchan bo’ladi. Masalan: chivinlarning suvdagi g’umbagi qorin tomonini tez-tez egish bilan suzib yuradi.

    1. Erkin, qisman harakatchan yopiq g‘umbaklarda boshlang’ich qanotlar va oyoqlar maxsus xitin bilan qoplangan bo’lib, tanaga zich yopishib turadi (kapalaklar va boshqa ayrim hasharotlar). Bunday g’umbaklar tanasini biroz qimirlatishi mumkin. Ko’pchilik kapalaklar g’umbagi maxsus pilla ichida rivojlanadi.

  1. Harakatchan bochkasimon yoki aniq shaklga ega bo‘lmagan g‘umbaklar (pashshalar). G’umbaklik davrida hasharotning ko’pchilik to’qimalari va organlari (muskullari, og’iz apparati, ovqat hazm qilish va nerv sistemalari, harakatlanish organlari va boshqalar) tamoman qayta shakllanadi. Buning uchun lichinkalarning to’qimalari amyobasimon hujayralar, ya‘ni fagotsitlar yordamida yemirilib bo’tqasimon massaga aylanadi. Voyaga yetayotgan hasharotning organlari maxsus imaginal disk deb ataladigan embrional hujayralar hisobidan hosil bo’ladi. Imaginal disk ixtisoslashmagan hujayralar to’plamidan iborat bo’lib, hasharotlarda lichinkalik davridayoq tananing ayrim qismlarida, xususan kelajakda yangi organlar hosil bo’ladigan joylarda, masalan, yurish oyoqlari asosida ko’krakning qanotlar hosil bo’ladigan qismida; ichakning so’lak bezlari, oldingi va keyingi qismi hosil bo’ladigan bo’limlarida paydo bo’ladi.




Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin