LABORATORIYA MASHG’ULOTI Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Ishning maqsadi: Talabalarga informatika xonasida texnika xavfsizlikligi talablari va uni jihozlashni o‘rgatish.
Nazariy ma’lumotlar: Informatika xonasi - bu umumo‘rta maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning o‘quv-tarbiyaviy qismi bo‘lib, o‘quv hisoblash texnikasi jamlamasi (O‘HTJ) bilan, o‘quv ko‘rsatish qo‘llanmalari, o‘quv jihozlari, mebellar va informatika kursi bo‘yicha nazariy hamda amaliy darslarni o‘tkazishga mo‘ljallangan kabinet.
Informatika xonasidagi darslar:
o‘quvchilarni hisoblash texnikasini ishlab chiqarishda, proekt- konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o‘quv jarayoni va boshqarishda ishlatish bilan tanishtirish,
informatika asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda nazariy fikrlashni rivojlantirish,
maktabda o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etishni va o‘qitish uslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.
Informatika xonasida quyidagilar o‘tkaziladi:
informatika darslari va hisoblash texnikasini, kinofilm, diapozitivlar, tablitsa va boshqa o‘quv ko‘rsatish qo‘llanmalaridan foydalanib alohida umumta’lim o‘quv predmetlari, informatika kursi bo‘yicha darsdan tashqari va fakultativ darslar,eksperiment darslar va amaliy mashg‘ulotlar va boshqalar.
Informatika xonasida psixologik, gigienik va ergonomik qulay muhit bo‘lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki, muvaffaqqiyatli ta’limga, aqliy rivojlantirish va o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim, malaka va mahorat olishga ta’sir ko‘rsatish kerak va xavfsizlik hamda sog‘liqni saqlash talablarga javob bera olishi kerak.
Informatika xonasini jihozlash:
o‘quv jihozilari xonasida mavjud hisob uchun invertar daftari;
O‘quvchi va o‘qituvchi ish joylarini jihozlash asosan shaxsiy kompyuter bo‘lgan o‘quvchini ish joyi va o‘qituvchini ish joylarini negizini tashkil etadi. O‘quvchini ish joyi va o‘qituvchini ish joylari tarkibini ko‘rib chiqamiz.
O‘qituvchining ish joyi o‘z ichiga monitor, sistemali blok, klaviatura, bosmaga chiqarish uskunalari va boshqa qo‘shimcha uskunalarni (multimediya, skaner va boshqalar) oladi.
O‘quvchilarning ish joylari tarkibiga faqat kompyuterning asosiy elementlari (klaviatura, sistemali blok, monitor) kiradi.
Informatika xonasiga kompyuterlarni joylashtirish o‘quvchilarning ish joyining informatika xonasidagi tartibiy o‘quvchining bemolol kirishishni va o‘qituvchining dare vaqtida har bir o‘quvchi oldiga kela olishini ta’minlash kerak.
Informatika xonasida kompyuter bilan ish joylarining bir necha variantda bo‘lishi mumkin:
Perimetrial;
Qatorlar;
markaziy va boshqacha;
Topshiriqlar: 1.Zamonaviy informatika xonasining asosiy funktsiyalari va vazifalarini o‘rganing.
Topshiriqni bajarish tartibi: a.Talaba adabiyotlardan foydalanib informatika xonasining asosiy funktsiyalari haqidagi ma’lumotlarni o’rganib chiqadi.
b.Talabalar informatika xonasining vazifasi haqida daftarlarida konspekt qiladi.
2.Zamonaviy informatika xonasida texnika xavfsizligi qoidalarini o‘rganing.
Topshiriqni bajarish tartibi: a .Talabalar texnika xavfsizligi qoidalarini adabiyotlardan foydalanib o’rganib chiqadi.
b.Talabalar kompyuterda xavfsizlik qoidalariga oid taqdimot tayyorlaydilar. Slaydlarda turli xavfsizlik qoidalariga oid rasmlarni internet tarmog’idan foydalanib qidirib topishadi. Masalan: O’quvchilarni kompyuterdan foydalanishida zarur bo’ladigan tushunchalarni bayon etuvchi slayd ko’rinishi.
3.Zamonaviy informatika xonasida kompyuterlarni joylashtirishni o‘rganing.
Topshiriqni bajarish tartibi: a. Talabalar 15 dona kompyuter mavjud bo’lgan xonani peremetrial joylashtirish sxemasini chizadi. Bunda talabalar xonaning yorug'liligiga, derazadan tushadigan nurga e'tibor berishlari shart. Sxemani kompyuter qurilmasidan foydalanib AutoCad dasturi yordamida chizishadi. Dastur ishga tushiriladi va dasturning geometrik obyektlari bandidan foydalanib xonaning uch o'lchovli chzmasi chiziladi (Talabalar bunga qadar “Kompyuter grafikasi” fanini o’zlashtirishgan).
b. Talabalar 11 dona kompyuter mavjud bo’lgan xonani qatorlar bo’yicha joylashtirish sxemasini chizadi. Bunda talabalar xonani tasavvur darajalarida albatta o’lchamlari kamida 11 ta kompyuter joylashtirish mumkin bolgan xonaning chizmasini Photoshop dasturi yordamida tasvirlashga harakat qilishadi.