Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Audio va videomateriallarga ishlov berish texnologiyalari. Reja



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.10.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#64962
  1   2   3   4   5
6-laboratoriya



6-
Laboratoriya mashg’uloti. 
Mavzu: Audio va videomateriallarga ishlov berish texnologiyalari.
 
REJA: 
1) Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge). 
2) Tovush fayl formatlarini zichlashtirish. Raqamli video. Windows OT muhitida ishlovchi video fayllarga 
ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish. Videomontaj. 
3) Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayllarni yaratish. Konvertatsiya. Videopotokni 
zichlashtirish yoki kadrlar bo‘yicha zichlashtirish. Simmetrik va asimmetrik zichlashtirish. Ssenariy asosda 
mutaxssislik bo‘yicha mualliflik roliklar yaratish. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor 
bo’ron metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni 
xohlayman. bilib oldim” metodi, Klaster. 
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin. Multimediali o‘rgatuvchi 
kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn, rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va 
bilimlarni sinash uchun modul (testlar, masalalar, javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan 
modullar tashqari multimediali o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik hujjatlar, 
ma’ruzalar taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus sayt. 
Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari mumkin: multimediali 
o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va 
magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq 
tizimini tashkil etishni, o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir 
birini to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. 
O’rgatuvchi dasturlarda video materiallar(roliklar, video filmlar) ishlatilgani va ularni qayta ishlash 
imkonuyatlarini bo’lishini ta’minlash uchun Ulead Video Studio, Movie Maker, Camtasia Studio, Adobe 
Primiera kabi dasturlardan foydalanish mumkin. 
Ushbu dasturlar yordamida video materialga ovozlar qo`shish yoki olib tashlash, filmni montaj qilish, xajmini 
kichraytirish, sifatini qisman yaxshilash hamda bir formatdan boshqa formatga (videoformatlar: AVI, DV, DVD, 
MPG, MP4, WMV, DAT, 3GP va hokazo) o`tkazish kabi ishlarini bajarish mumkin. 
Kompyuter dasturlarini o`rgatishga doir o’rgatuvchi dastur yaratishda ushbu dasturlarda ishlash jarayonini 
to`g`ridan – to`g`ri hech qanday tasvirga tushiruvchi qurilmasiz yozib olish mumkin. Bu ishni Camtasia Studio, 
Adobe Captivate dasturlari yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu dasturlar 
yordamida kompyuterga ulanuvchi mikrofon qurilmasi orqali tasvirga olish bilan bir vaqtda, jarayonni sharxlab 
ketilishi (ovoz)ni ham yozib olish imkoniyati mavjud. Camtasia Studio va Adobe Captivate dasturlarining yana 
bir e`tiborga molik xususiyatlaridan biri bu – olingan tasvir va ovozni vektor formati(SWF)ga o`tkazishidir. 
O’rgatuvchi dasturlar uchun audio materiallarni tayyorlash, montaj qilish (qisqartirish yoki orasiga ovoz va 
musiqa qo`shish), qayta ishlash(oshiqcha effektlardan tozalash, ovozni sozlash) kabi ishlarni, audio fayl 
formatini (audio fayl formatlari: wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, rm va x.k.) bir formatdan boshqa formatga 
o`tkazish kabi amallarni Sony SoundForge, Fruity Loops, GoldWave, WaveLaB kabi dasturlar yordamida 
amalga oshirish mumkin. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘rgatuvchi dasturlardlan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘rgatuvchi 
dasturlar talabalar mustaqil ta’lim tashkil etish komponentasi sifatida tugallangan mavzular bloki va ilovalar 
birligidir. O‘rgatuvchi dasturning har bir mavzusi asosiy tushunchalar kiritilgan nazariy ma’lumotlarga, 
mavzuga mos amaliy mashg‘ulotlarni bajarish algoritmiga ega bo‘lishi lozim. Nazariy ma’lumotlardan keyin 


o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar ro‘yxati tavsiya etilishi kerak, bu talabalarni olgan bilimlarini aniqlab, 
qiynalgan qismlarni qayta o‘zlashtirishga imkon beradi. 
Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun nazariy bilimlarga asoslangan amaliy 
topshiriqlarga ega bo‘lishi kerak, bu esa talabalarda dastur bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qiladi. 
O‘rgatuvchi dasturlarda axborot texnologiyalarni modulli xolatlarda integrallashgan kompleks vazifalari bo‘lishi 
zarur. Ularni bajarish uchun nafaqat nazariy bilimlar talab etiladi, balki amaliy bajarish ko‘nikmasi, bir yoki bir 
necha fanlardan olingan bilimlar, qo‘shimcha ma’lumotlarni mustaqil izlash va boshqa axborot 
texnologiyalardan foydalanishi ham kerak, bu axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini yanada 
rivojlantiradi. Bundan tashqari o‘rgatuvchi dasturda savollarga to‘g‘ri javoblar, yordamchi ma’lumotlar va 
chuqurlashtirilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak, bulardan talaba xoxlagan vaqtda foydalanishi mumkin. 
Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web dasturlash tillaridan hamda 
vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi 
dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning 
qulayligi va unda yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yar atadi. 
Delphi muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan foydalanish 
juda qulaydir. 
Ushbu o’rgatuvchi dastur tuzishda Adobe Flash Pro CS5, Adobe Captivate CS5.5, Adobe Photoshop CS5, 
Delphi 7 kabi programmalardan foydalanilgan. 
SoundForge pro 10.0 dasturi 


Ulead Studio programmasini o`ranatish bosqichi 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin