52
UMUMIY XULOSALAR
Badiiy adabiyot ifodaning spetsifik formasidir. Har qanday badiiy adabiyotda
inson yashaydi.
Shunday ekan, badiiy adabiyot tili inson tilining badiiy shaklidir.
Shuning uchun ham badiiy adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlariga tayangan holda
o‘rganish bosh nazariy va amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, bu
mavzu o‘zbek filologiyasidagi eng muhim mavzulardan biri deb belgilanadi.
Ayniqsa, terminologik leksikaning badiiy uslubda ishlatilishi masalasi ko‘pgina
tadqiqotchilarning diqqatini jalb qildi. Lekin badiiy adabiyotda laqablarning
leksik-semantik va grammanik xususiyatlari maxsus o‘rganilmagan.
1. Badiiy asar tilida ishlatilgan laqablarni o‘rganish o‘zbek
tilshunosligining
onomastika, onomosiologiya sohalarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
2. Laqablar badiiy asarda tasvirlanayotgan obrazlarning turli-tuman jihatlarini
ixcham kontekstda chuqur ma’noli va ta’sirchan tasvirlash vositasi hisoblanadi.
3. Badiiy uslubda yengil kulgi, komik, satirik, hazil-mutoyiba detallari bo‘lib
xizmat qiladi.
4. Xususan laqablarni sinxronik va dioxronik planda o‘rganish so‘z
semantikasinig ayrim tomonlarini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki
jamiyat o‘zgarishda bo‘lib turishi dialektik qonuniyat bo‘lganidek, so‘z
ma’nolarining taraqqiyoti ham doimo sodir bo‘lib turadigan tarixiy-lingvistik
qonuniyatdir.
5.
Shunday qilib, yozuvchi Mirmuhsinning «Temur Malik» romanida
laqablar o‘rni bilan qo‘llangan hamda ular asarda tasvirlangan tarixiy davr –
mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash davri haqida
kitobxonlarga aniq tasavvur
berish uchun xizmat qiladi.
6. Xalq so‘zlashuv nutqida, shuningdek, badiy
asar tilida ham davr ruhini
ifodalash maqsadida arxaik va neologik laqablardan keng foydalanganlar.
Badiiy adabiyot tili jamiyat hayotini o‘zida aks ettirishda asriy tajribalarga
ega bo‘lgan badiiy adabiyot bilan uzviy bog‘liq.
53
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o‘ziga
xos shakli, bu tilning o‘ziga xos,
muayyan xususiyatlaridan biri ham adabiy normani chetlab o‘tishidir. Unda
lug‘aviy va uslubiy vositalarning tabaqalanishini belgilashda,
bu tilning adabiy
tilga va adabiy normaga munosabatlari masalalarini chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
O‘zbek tiliga so‘z o‘zlashtirishga rus tili asosiy manba hisoblanadi. Rus
tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarga ot yasovchi
–chi
affiksi qo‘shilib, kasb-hunarga oid laqablar yasalgan. Masalan: p a t e n t ch i,
z a k o‘ n ch i
laqabi. Demak, inson tana a’zolaridagi
biror nuqsonni ifodalovchi
so‘zlardan hosil bo‘lgan laqablar ko‘p hollarda asosan qahramon portretini
tasvirlashda ixchamlikka erishish uchun badiiy asarlarda qo‘llaniladi. Ma’lumki,
laqab vazifasida qo‘llangan bunday so‘zlar asl ma’nolarida ham ishlatiladi.