LaTex’da grafika bilan ishlash



Yüklə 9,16 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü9,16 Kb.
#160697
LaTex mustaqil ish


LaTex’da grafika bilan ishlash
Geometrik chizmalarni chizishga mo'jallangan Geogebra, МатКонструктор, Desmos (chizmalardan ko'ra grafiklar uchun ko'proq ishlatiladi) kabi nisbatan sodda, foydalanuvchidan kod talab qilmaydigan dasturlar ham bor albatta. Biroq bu dasturlar yordamida chizilgan chizma rastrli grafikada bo'lib, tayyor chizmani png, jpg, jpeg kabi tasvir formatida saqlab, shu rasmni matn orasiga qo'yish mumkin xolos (kattalashtirganingizda bijirlab qoladigan rasmlarni eslang). Bunda sifat juda rasvo bo'llmasa-da, perfeksionistlarni ajalidan besh kun oldin o'ldira oladigan darajada bo'ladi. Xullas chizma vektorli grafikada bo'lishi kerak!
Yechim esa LaTeX ning o'zida kodlar orqali chizma hosil qilish. Bunda chizma vektorli bo'lib, uni qancha kattalashtirsangiz ham piksellarga ajralib ketib, ko'zingiz va psixikangizni mayib qilmaydi. "Bo'pti, nimaga shuncha vahima, kodni yoz, tamom" dersiz. Shoshmang, dardimni endi boshlayapman.
Qanday o'rganishni bilmayotganimning sababi esa unda bir nechta katta yo'nalishlar - asymptote, TikZ, MetaPost mavjudligi. Bundan tashqari kodlardagi menga tushunarsiz bo'lgan uslub. Bittalab sanayman:
1. Asymptote va MetaPost. Dokumentatsiyalarini o'qiganimdan tushunmovchiliklar boshlandi. Nimalarnidir qanaqadir qilib o'rnatishlar, terminal, faqat Шароф yoki rosco (bo'g'ma ilon o'rgatuvchi bitta morboz) tushunadigan qanaqadir jargonga oid so'zlar. To'xta, bunga birorta kuchli ustoz kerak, dedim o'zimga o'zim. Lekin menga buning uchun bir talay narsalar zarur edi: qunt, vaqt, mablag', asosiysi yaxshi ustoz (umuman olganda qanaqa bo'lsa ham, chunki MetaPostda kod yozadigan, buning ustiga uni kimgadir o'rgatishga xafsalasi bor odamni hali uchratmadim, agar bo'lsa, menga xabar bering). Aytgancha, balki shovqin ko'tarib aytayotganlarim aslida oddiy va sodda narsalardir-u, menga qiyin tuyulgandir. Buning ham ehtimoli yo'q emas.
2. TikZ va PGF. TikZ nisbatan sodda ekan. Lekin tarafi juda va juda mayda ish. Tayyor uskunalar yo'q. Deylik uchburchak chizib uning masalan medianalari, bissektrisalari, balandliklar, ichki chizilgan aylana, tashqi chizilgan aylanalarni chizish uchun bir olam kod yozib kerakli nuqtalarni topish, boshqotirish kerak. Hehe, erinchoqmasmanmi men ham. "Qo'ysangchi" dedim yana o'zimga o’zim. Bunday deyishimga 1300 betli dokumentatsiya ham dalda bo’ldi.
Keyin nima bo’ldi? Kecha internet sarhadlari ichra, tex.stackexchange.com savol-javoblari aro darbadar kezib yurgan mahalimda omadim chopib bir koddagi bejirimgina paket ko’zimga tashlandi: \usepackage{tkz-euclide}. O’sha zahoti qidiruvga berib, u haqda o’qib ko’rsam menga o’xshab TikZ da ichi qizib ketgan bir matematika o’qituvchisi matematika o’qituvchisi uchun eng zaruriy uskunalar bilan jihozlangan kutubxona yaratibdi. Dokumentatsiyasini boshladim. Aftidan murakkab emas. Yo’q, ancha sodda. Hech bo’lmaganda uslubga tushunsa bo’ladi. Qulay tarafi 2-3 ta buyruq yordamida yuqorida sanalgan uchburchak elementlarini hosil qilish mumkin. Kecha va bugun biroz mashq qilib, xayolimga bir fikr keldi. Egallangan bilimlarni mustahkamlashning eng yaxshi yo’li bu tayyor chizmaga qarab noldan kod yozish. Shunday ham qilib ko’rdim. “bug”lar, “fix”lardan keyin nihoyat qoniqarli chizma tayyor bo’ldi.


zadachi.mccme.ru saytidagi 68-masalaning yechimidagi chizma







Manba: https://telegra.ph/LaTeX-da-grafika-03-01
Yüklə 9,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin