Leksikani o’qitish



Yüklə 16,04 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü16,04 Kb.
#160488
Leksikani o’qitish


Leksikani o’qitish

Leksikani o’rgatishda biz oldin metodik tashkil qilishimiz kerak. Leksikani o’rgatishni metodik tashkil qilish uni qanday nutq faoliyatining turida faollashtirish maqsadiga boqliqdir. Leksikani o’rgatishni metodik tashkil qilish deganda, biz nutq faoliyatining leksik tomonini o’rgatish, leksik malakalarni shakllantirish, o’rgatish, avtomatlashtirishni ko’zda tutamiz.


Leksikani o’rgatishni metodik tashkil qilish nimalarni o’z ichiga olishini quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin:
  • Leksikani o’rgatishni metodik tashkil qilish


  • Tanlash

  • Leksika ustida ishlash

  • Taqsimlash


  • Metodik tipologiya qilish


  • Kiritish (tushuntirish, tanishtirish, o’rgatish)


  • Mustahkamlash


  • O’zlashtirish


  • Shakli, Ma'nosi, qo’llanilishi



Tinglab tushunishni, gapirishni, o’qishni, fikrni yozma bayon qilishning leksik tomonlarini o’rgatish, ko’nikma hosil qilish bir-biridan farq qiladi, ular alohida xususiyatga ega. Nutq faoliyatining leksik tomonini o’rgatish, nutq faoliyatining turiga qarab ishlab chiqiladi. Shu sababdan leksikani o’rgatishni metodik tashkil qilishdagi ishlar nutq faoliyatini turiga qarab turlicha bo’ladi. Lekin hammasida ham tashkiliy jihatdan metodik tashkil qilish, tanlash, taqsimlash, metodik tipologiya qilish, lek-sika ustida ishlashdan iborat bo’ladi. Faqatgina tan-lash, tipologiya qilish, taqsimlashustida ishlash shakllari,
turlari, ishlash sifati, mazmuni o’zgaradi. Metodik tashkil qilishda qiyinchiliklar mavjud, biz ularni hisobga olishimiz kerak, ular: 1) leksikani o’rgatishga ajratilgan vaqt bo’yicha; 2) o’quvchi, talabalarning yoshi bo’yicha; 3) o’qitish maqsadi bo’yicha; 4) o’qitish bosqichi bo’yicha; 5) o’qituvchining malaka-ko’nikmasi bo’yicha; 6) so’zning mavhum yoki aniq ma'no anglatishi bo’yicha qiyinchiliklardan iborat.
So’zlarni o’zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar:
a) har bir so’zning o’zida (shakli, ma'nosi, qo’llanilishi bo’yicha)
b) ingliz tili, ona tili va rus tillari aloqasidan kelib chiqishi mumkin.
Leksikaning metodik tipologiyasini yaratish hozirgi zamon metodikasining aktual vazifasidir.
Aktiv hamda passiv leksikada uchraydigan qiyinchiliklarning eng muhim tiplarini jamlab quyidagilarni ta'kidlash mumkin.
Aktiv lug’atda so’zning ham mustaqil, ham yordamchi so’z vazifasida qo’llanishi, so’zni erkin va erkin bo’lmagan holda qo’llanishi, so’zlarning talaffuzi, ma'nosi jihatdan (sinonimlar) o’xshashligi;
Grammatik shakllar yasash usullarining ingliz va o’zbek tillariga mos kelmasligi, ikki tilda so’zlarning ma'no jihatdan mos kelib, ammo shaklan bir-biridan farq qilishi, ikki tildagi so’zlarning ma'no hajmi va birikish qobiliyatini mos kelmasligi xususiyatlari uchraydi.
Passiv lug’atda esa so’zlarning bir bo’g’inliligi, ko’p ma'nolik va bir so’zning o’zini asosiy va yordamchi, to’g’ri va ko’chma ma'noda qo’llanilishi, ingliz tili so’zlarining talaffuz jihatdan o’xshashligi, ingliz tili so’zlarning ona tilidagi so’zlarga, ma'no jiha-dan farq qilsa ham shaklan o’xshashligi metodik tipologiyada hisobga olinadi.
O’qituvchi o’quvchi, talabalarga leksikani o’rgatish, o’zlashtirishdan oldin kelib chiqadigan qiyinchiliklarni (ayrim olgan holda va o’zbek tili bilan
taqqoslanganda) aniqlab ularni tiplashtirishi mumkin. Keyin har bir tip uchun metod, usul, yo’llarni, mashqlarni mosini tanlab o’rgatiladi. Natijada har bir so’zning xususiyati hisobga olinadi, o’rgatishga kam vaqt ketadi. Bunda har bir so’z uchun alohida-alohida usul, yo’l, mashq ishlatilmay, har bir tip uchun ishlatiladi.
Ingliz tili leksikasi alohida olinib, o’zbek tili leksikasi bilan taqqoslanib, ma'nosi, shakli qo’llanilishi bo’yicha metodik tipologiya qilinadi.
Masalan: a map, a pen, a pencil, a table, to see, to like, to want ni olsak; a map, a pen, a pencil, a table so’zlarini o’rgatishdagi qiyichiliklari shundaki, ularni o’quvchi o’z ko’zi bilan yoki rasm orqali ko’rsa yaxshi qabul qiladi, to see, to like, to want larga esa rasm ko’rsatish qiyinroq, bu yerda harakat orqali ko’rsatish maqsadga muvofiqsir. Shu sababdan bu 8 ta so’zni 2 tipga ajratib ma'nosini ochishga 2 ta usulni:
1) rasmlar yoki predmetning o’zini va
2) harakatni ko’rsatish usullaridan foydalanamiz.
Yüklə 16,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin