Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni



Yüklə 315,65 Kb.
səhifə14/19
tarix13.12.2023
ölçüsü315,65 Kb.
#176078
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni

Bazani fayldan ochish – Chop etishga bergan buyruq holatiga ko‘ra bazadan lug‘atni hosil qilib beradi.

  1. Alfavit tartibini korsatish moduli - Lug‘atni alfavit bo‘yicha ekranga chiqarib beradi.

  2. Chastotasi kamayishi tartibi korsatish moduli - Lug‘atni chastotasi kamayishi tartibida lug‘atni hosil qiladi.

  3. Bosh harf boyicha korsatish moduli - Bu modulda bitta harfni tanlash kerak va tanlangan harf bo‘yicha bazadagi lug‘atni bosh harfi bo‘yicha chiqarib beradi.

  4. Hosil bolgan faylni yangi faylga saqlash – Hosil bo‘lgan lug‘atni yangi faylga saqlaydi.

Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad — tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. O‘rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimning ko‘plab tushuncha va ta’riflari mavjud.
Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi aloqalar majmuyiga ega bo‘lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan qismlardan iborat butun bir obyektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta’rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig‘ilgan mashina detallarining butun majmuyini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokazo. Bunday hollarda obyektlar (qismlar) yagona tizim sifatida ishlaydi, ya’ni xar bir obyekt, kenja tizimlar umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi.
“Tizim”ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: “Obyektlar”, “aloqalar”, “xususiyatlar”.
Obyektlar — tizimning bir bo‘lagi yoki komponentlari bo‘lib, jismoniy, matematik o‘zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi ko‘plab cheklanmagan qismlarga ega.
Xususiyatlar — bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma’lum bir o‘lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o‘zgarishi mumkin.
Aloqalar obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o‘rtasida alohida bo‘lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‘rtasida aloqaning mavjud bo‘lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo‘lmagan element ko‘rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo‘linishligidir.
1994-yili php tilining yaratuvchisi Rasmus Lerdorf o‘zining saytiga mehmonlar kirishini hisoblash uchun Perl dasturlash tilida maxsus qobiq yozib amalda qo‘llagan. Ko‘p o‘tmay qobiqni ishlash unumdorligi juda past va sekinligi aniqlanganidan so‘ng, dasturlarni yangidan “C” tilida yozib chiqishga to‘g‘ri keladi. Keyin, dastlabki dastur kodlari muallif tarafidan barchaga ko‘rish uchun serverga nashr qilingan. Server foydalanuvchilari kodlar bilan qiziqib, uni ishlatish muxlislari ham paydo bo‘lgan. Ko‘p o’tmay, bu dasturlar alohida loyihaga aylanib, 1995-yilning iyul oyida dasturiy mahsulot PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi. Imkoniyatlari oddiy va sodda bo‘lib: bir necha buyruqlarni tushunadigan kod analizatori (tekshiruvchisi), mehmonlar hisoblagichini, kitobini, chatini yaratish uchun foydali dasturlar to‘plamidan iborat bo‘lgan.
Hozirgi kunda chastotali lug‘atlar biror matnning so‘zlari sonini hisoblashda hamda kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi. Bundan tashqari, internet hamda elektron lug‘atlar foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun ham muhimdir. Internet lug‘atlariga ziyonet, google translator hamda bir tildan ikkinchi bir tilga online rejimida ishlaydigan dasturlar kiradi. Elektron lug‘atlarning turi va soni ko‘p bo‘lib, ular bir tilli, ikki tilli hamda ko‘p tilli lug‘atlarni tashkil etadi.
Interlingvistika – kommunikatsiya uchun yagona universal tilni yaratish prinsiplarini o‘rganuvchi fan. Kompyuter leksikografiyasi (KL) kompyuter lingvistikasining muayyan yo‘nalishi sifatida kompyuter lug‘atlarini yaratish, lingvistik ma’lumotlar bazasi va leksikografik masalalarni dasturlash kabi vazifalarni qamrab oladi. Ayrim manbalarda KL leksikografik manbalarni olish, ular bilan bog‘liq lingvistik ma’lumotlarni berilganlar bazasiga yozish, leksikografik birliklarni tahrirlash kabi masalalarni kompyuter metodlari hamda uskunalari yordamida foydalanish soha sifatida qaraladi. Kompyuter va lug‘atshunoslik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlashuv o‘tgan asrning 60-yillarida o‘z ifodasini topdi. Bu yillarda Brown korpusi, 1978-yilda avtomatik tekshiruvchi hamda tilni qayta ishlash uchun maxsus kodlangan Zamonaviy ingliz tili Longman lug‘ati (Longman Dictionary of Contemporary English) yaratildi. Ma’lumotlar qidirish, avtomatik referatlash va mashina tarjimasiga mo‘ljallangan avtomatik lug‘atlar foydalanuvchi uchun yaratilgan avtomatik lug‘atlardan shunisi bilan farqlanadiki, lug‘atdagi maqolalarning strukturasi va interfeysiga ko‘ra alohida ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Elektron lug‘atlardan foydalanish dasturiy ta’minot sifatida (offline dictionary) hamda Internet tizimida (online dictionary) avtomatik qidiruv tarzida foydalaniladi, ularning har biri foydalanuvchining kuchini tejaydi.
An’anaviy lug‘atda u yoki bu so‘zlarning tuzilish kompozitsiyasi aks etgan izohlar qay holatda berilishi qamrab olinsa, elektron (avtomatik, kompyuter) holatdagi lug‘atni yaratish prinsiplariga ko‘ra foydalanuvchilar uchun maxsus kompyuter formatida yoki muayyan tarkibiy qism dasturi sifatida yaratish masalalari nazarda tutadi (masalan, mashina tarjimasi)



Yüklə 315,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin