Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Reyting nazorat / shakli, maksimal ballari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə7/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Reyting nazorat / shakli, maksimal ballari

1-JN

2-JN

3-JN

1-ON

YN

Ballar yig‘indisi

1

Maksimal ball

9

16

15

30

30

100

2

Shakli:
(test, yozma, og‘zaki)

Og‘zaki

Og‘zaki+yozma

yozma

test

yozma

3

Muddati (haftalarda)

14

17

19

18

20




Axborot resurs baza:

Asosiy adabiyotlar:

  1. Sh.Usmonova, N.Bekmuhamedova, G.Iskandarova. Sotsiolingvistika (O’quv qo’llanma). –Toshkent. 2014

  2. H. Dadaboyev, Sh. Usmonova. Xorijiy sotsiolingvistika (O’quv qo’llanma). – Toshkent. 2014

Belikov V., Krisin L. Sotsiolingvistika. -M., 2001.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Швейтсер А. Современная сотсиолингвистика: Теория, проблемы, методы. М., 1976.

  2. Швейтсер А.,Николский Л. Введение в сотсиолингвистику М., 1978

  3. Белл Р. Социолингвистика М.,1980

  4. Исаев М.И. Языковое строителство в СССР (Протсессы создания писменностей народов СССР)М., 1979

  5. Принсипы и методы сотсиолингвистических исследований М.,1989

  6. Бондалетов В. Сотсиалная лингвистика М., 1987.

  7. Сон. С. Этапы и протседура сотсиолингвистического анализа Алматы 2003.

8.Речевое общение в условиях языковой неоднородности,М.2000

Normativ-huquqiy hujjatlar:

  1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risda”gi farmoni. 13-may, 2016-y

Fanga doir video ma’ruzalar, video roliklar




Internet resurslar:

www.ziyo.net
www.thinsan.com
www. uforum.uz
www.literature.uz



MA’RUZA MATERIALLARI
1-ma’ruza. “SOTSIOLINGVISTIKA” FANINING SHAKLLANISHI, UNING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. “Sotsiolingvistika” tushunchasi
2. Sotsiolingvistikaning manbalari
3. Sotsiolingvistikaning fan sifatida mavqyei
4. Sotsiolingvistikaning obyekti
5. Sotsiolingvistikaning predmeti
Tayanch so‘zlar va tushunchalar: sotsiolingvistika, manba, sotsiolingvistika fan sifatida, obyekt, predmet

Bugungi kunda fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter kasb etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya va tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiya(vazifa)lari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.


“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda o‘zgarishini va h.k. tahlil qilish bilan shug‘ullansa, sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada tomi ketmoq iborasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi.
Xullas, sotsiolingvistikaning tilga nisbatan o‘ziga xos yondashuvini va uning “sof” lingvistikadan farqini tushunish uchun sotsiolingvistikaning manbalarini ko‘rib chiqish, uning tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari orasidagi mavqeyini belgilash, uning obyekti va asosiy tushunchalarini, u shug‘ullanadigan masalalarni aniqlab olish lozim bo‘ladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin