LEKSIKOLOGIYA BO’LIMI BO’YICHA YOPIQ TEST I. Ma’no ko’chishlarini yoniga yozing. 1. “95” dan bormi?_______
2. Qandaydir qo’llar uni amal kursiga o’tqizdi_____________
3. H.Olimjon o’z qalami bilan vodiyni zabt etgan edi_________
4. Cho’loqqa achinish bilan qaramoq _______________
5. Termiz shahriga og’ir-vazmin qadamlar bilan koronavirus kirib keldi_____
6. Quyoshning olti qalami nur taratar edi_________
7. Oyog’ingni yechib kir ___________
8. Adabiyotdan so’ng , ona tilini boshladik__________
9. “Gunesh qizlari”ni ko’rgan ko’zlar nima deydi?_________________
10. Tilla tish irjayib menga qaradi_________
11. G’ilayning rejasiga auditoriya kuldi______
12. Kechgacha tuz totmadi, ertalab turib Termizga ketdi________
13. Qani , mehmon, dasturxonga qarang , o’tkir ichimlik bor_____
14. Shirin bolalarni ulg’aytirgan dadamizni eslab , ikki og’izni boqish qiyin emasligini tushundim_________
15. Koronavirus kasalligi ko’plarning yostig’ini quritdi ,ammo hali ham qishloq uyquda____________
16. Mansabdan tushgan insonlar bir tarelkaga to’yadigan bo’lshdi_______
17. Qo’liga uzuk taqib olgan ko’zoynakni chaqirib yuboring______
18. Tilla tish nuqul gapni gapga ulashga qo’ymayapti____________
19. Repititorlik tilini o’rganish uchun ko’p qiynalgan o’qituvchilar uchun onlayn dars eng “zo’r” usulga aylandi_________________
20. Jingalak soch anavi so’mka ko’targanni chaqiraverib qish ichi zanglab ketdi____
21. Bu tongda shahar guvullab ketdi va hammaning yuziga tabassum yugurdi___
22. Aziz tarixdan yiqildi , ammo bu yil tarixga kiradi_________
23. Ustozning gapi yuragini teshib o’tdi va har dars besh oladigan bo’ldi_____
24. Umid hamma gapni yuragining tubiga joylagan edi , endi shu qora ko’zlar uchun tarixga kirishga ahd qildi_________________
25. Sevgidan yetim-u umrdan yarim, Qurigan ko’ksida yolg’iz belanchak____________
26. Bahor sevinchi ko’ngillarni qitiqlay boshladi____________
27. Suvlarning g’amli yuzlari kuldi__________
28. O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa , oltin boshning kalla bo’lgani shudir______
29. Gullar oqshom chog’ida,o’yga tolar emishlar, Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar_________
30. Bugun ustoz darsga kelmadi, ko’p ovqat yeb qorni og’rib qolibdi. Ajoyib “xushxabar” dan keyin ona tili qoldirildi________
31. Jo’shadi buloqning kumush yoshlari________
32. Shartmi ichmak har qadahni yo’q demay _________
33. Ko’zimdan yomg’irlar to’kilay tinmay__________
34. “Tilchi” do’stimning bir nozi Erkaboyevani “suv qilib ichmoqqa “ yo’lladi___
35. Onam qoshida tiz cho’kkan qora qumg’on__________
36. Uning “xizmatlari” tufayli unga “Malibu” berishdi______
37. Orzu kemalari xayol dengizi tomon yo’l oldi_______
38. Aytmaganning dasturxoniga borib qadringni tushirma, ey qorako’z!________
39. Qishloq allaqachon uyg’ongan , qishloq ayollari gapni gapga ulashni boshlab yuborishgan __________
40. Yuragini ezib turgan tuyg’ular Muhammad Yusufni o’qigandan keyin tarqaldi___