License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 31



Yüklə 106,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix25.12.2023
ölçüsü106,75 Kb.
#196029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o-zbekistonda-to-qimachilik-sanoati-raqobatbardoshligini-oshirish-strategiyalari (1)

SJIF 
2023:5.971
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
36
Shuningdek, yangi texnologiyalar va nou-xaularni jalb etish maqsadida jahon bozori 
talablariga mos, sifatli va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, 
mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu borada tajribaga ega xorijiy 
hamkorlarning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash zarur. 
Respublikamiz yengil sanoatini to‘liq tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ya’ni, 
kapitalni kam va ko‘proq mehnat talab qiladigan tarmoqlarni (kiyim-kechak va trikotaj 
sanoati) rivojlantirishga yo‘naltirilishi hamda xom ashyosini qayta ishlash va yakuniy 
tayyor mahsulotga yetkazishning yangi imkoniyatlarini yaratish zarur. Bu Respublika 
hududlarida mehnat resurslaridan foydalanish va mahsulotlar yetkazib berishda tayyor 
mahsulot ulushini oshirish imkoniyatini yaratadi. 
Aynan, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun ularda 
tayyorlanayotgan mahsulotlar sifat darajasini oshirish, ularning eksport salohiyatini 
kuchaytirish, ayniqsa, to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligini ta‘minlash 
muhim masala hisoblanadi [1]. 
Bugungi shiddatli bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida barcha ishlab 
chiqaruvchilar raqobatchilarni engishga xarakat qilib oldinga intilmoqda. Brendlar xar 
tomonlama narxli va narxsiz raqobatni qo‘llagan holda to‘qimachilik sanoatidan tortib 
sport kiyimlari sanoatigacha bo‘lgan xar bir sanoat shiddatli raqobatga duch keladi. Brend 
raqobatda o‘z o‘rnini yo‘qotsa boshqa brend unga qarshi chiqishga tayor. Kompaniyalar 
uchun raqobat strategiyalarini rejalashtirish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. 
Raqobat strategiyasi o‘zi nima? Raqobat strategiyasi – bu korxonaning bozordagi 
mavqeyini himoya qilish va sanoatda barqaror raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lish 
uchun ishlab chiqadigan kompleks xarakatlar rejasi. 
Biz to‘qimachilik sanoatidagi raqobatni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi ishlab 
chiqarilgan matolarning sifati, bozordagi narxi va ulardagi iste’molchilarning aynan shu 
korxona mahsulotini tanlashi uchun kurash deb hisoblaymiz. Raqobatning asosiy 
sabablarini ko‘rib chiqish kerak: birinchisi – iste’molchi uchun tanlash erkinligi
ikkinchisi – ishlab chiqaruvchi uchun tanlash erkinligi [15-18]. Demak, sanoat 
korxonalarining raqobatbardoshligi jozibador, sifatli, iste’mol va narx hususiyatlari 
majmuasiga ega bo‘lgan, etkazib berish sharoitida xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish 
va tijorat muvaffaqiyatini ta’minlaydigan matolar ishlab chiqarishga asoslanadi.
Daromad olish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va ishchilarning 
ijtimoiy muammolarini hal etish uchun tovar ishlab chiqaruvchilarning to‘g‘ri tanlangan 
strategiyasi katta ahamiyat kasb etadi [12]. 
To‘qimachilik sanoatida rivojlanish ancha yuqori sur’atlar bilan avj olmoqda, lekin 
shu bilan birgalikda bir nechta muammolar ushbu sohaning boshqaruv tizimida va 
korxonalar strategiyasini muvaffaqiyatli shakllantirishda quyidagi kabi ba‘zi bir 
kamchiliklar:

inson resurslarini boshqarish;

zamonaviy menejmentni to‘g‘ri shakllantirа olmaslik;

marketing, moliya, ishlab chiqarish tizimlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik; 
resurslar taqsimotidagi nomutanosiblik; 

sifat menejmentining darajasi ba‘zi hollarda qoniqarsiz ekanligi;



Yüklə 106,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin