SJIF 2023:5.971 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 36 Shuningdek, yangi texnologiyalar va nou-xaularni jalb etish maqsadida jahon bozori
talablariga mos, sifatli va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek,
mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu borada tajribaga ega xorijiy
hamkorlarning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash zarur.
Respublikamiz yengil sanoatini to‘liq tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ya’ni,
kapitalni kam va ko‘proq mehnat talab qiladigan tarmoqlarni (kiyim-kechak va trikotaj
sanoati) rivojlantirishga yo‘naltirilishi hamda xom ashyosini qayta ishlash va yakuniy
tayyor mahsulotga yetkazishning yangi imkoniyatlarini yaratish zarur. Bu Respublika
hududlarida mehnat resurslaridan foydalanish va mahsulotlar yetkazib berishda tayyor
mahsulot ulushini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Aynan, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun ularda
tayyorlanayotgan mahsulotlar sifat darajasini oshirish, ularning eksport salohiyatini
kuchaytirish, ayniqsa, to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligini ta‘minlash
muhim masala hisoblanadi [1].
Bugungi shiddatli bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida barcha ishlab
chiqaruvchilar raqobatchilarni engishga xarakat qilib oldinga intilmoqda. Brendlar xar
tomonlama narxli va narxsiz raqobatni qo‘llagan holda to‘qimachilik sanoatidan tortib
sport kiyimlari sanoatigacha bo‘lgan xar bir sanoat shiddatli raqobatga duch keladi. Brend
raqobatda o‘z o‘rnini yo‘qotsa boshqa brend unga qarshi chiqishga tayor. Kompaniyalar
uchun raqobat strategiyalarini rejalashtirish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Raqobat strategiyasi o‘zi nima? Raqobat strategiyasi – bu korxonaning bozordagi
mavqeyini himoya qilish va sanoatda barqaror raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lish
uchun ishlab chiqadigan kompleks xarakatlar rejasi.
Biz to‘qimachilik sanoatidagi raqobatni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi ishlab
chiqarilgan matolarning sifati, bozordagi narxi va ulardagi iste’molchilarning aynan shu
korxona mahsulotini tanlashi uchun kurash deb hisoblaymiz. Raqobatning asosiy
sabablarini ko‘rib chiqish kerak: birinchisi – iste’molchi uchun tanlash erkinligi;
ikkinchisi – ishlab chiqaruvchi uchun tanlash erkinligi [15-18]. Demak, sanoat
korxonalarining raqobatbardoshligi jozibador, sifatli, iste’mol va narx hususiyatlari
majmuasiga ega bo‘lgan, etkazib berish sharoitida xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish
va tijorat muvaffaqiyatini ta’minlaydigan matolar ishlab chiqarishga asoslanadi.
Daromad olish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va ishchilarning
ijtimoiy muammolarini hal etish uchun tovar ishlab chiqaruvchilarning to‘g‘ri tanlangan
strategiyasi katta ahamiyat kasb etadi [12].
To‘qimachilik sanoatida rivojlanish ancha yuqori sur’atlar bilan avj olmoqda, lekin
shu bilan birgalikda bir nechta muammolar ushbu sohaning boshqaruv tizimida va
korxonalar strategiyasini muvaffaqiyatli shakllantirishda quyidagi kabi ba‘zi bir
kamchiliklar:
•
inson resurslarini boshqarish;
•
zamonaviy menejmentni to‘g‘ri shakllantirа olmaslik;
•
marketing, moliya, ishlab chiqarish tizimlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik;
resurslar taqsimotidagi nomutanosiblik;
•
sifat menejmentining darajasi ba‘zi hollarda qoniqarsiz ekanligi;