45
SO va azot oksidlarining aralash ta’siri (elektr payvandlash ishlarida, portlatish
ishlarida, DVS bilan ishlaganda uchraydi) sinyergik samara beradi.
Ammo amaliyotda sanoat zaharlarining antagonistik ta’siri ham mavjud, ya’ni
aralash ta’sir umumiy natijadan ko‘ra kamroq kutilgan natijani beradi. Bunday ta’sir
SO
3
va Cl, SO
2
va ammiak, ammiak va SO uchun ma’lum – bu samara moddalar
o‘rtasidagi kimyoviy reaksiyalar hisobiga yuz beradi va kam zaharli birikmalar hosil
bo‘ladi.
Antagonistik samara fiziologik samara byerishi ham mumkin. Masalan, FOSlar va
xlorlangan uglevodorodlarning birgalikdagi ta’siri, bunda bu moddalarning gidrolizi
mahsulotlari dastlabki moddalarga qaraganda kamroq zaharli. Bu samara katta
miqdorda sanoat zararli moddalarining birikuvida aniqlangan. Bu moddalar: azot
oksidlari va oltingugurt angidridi, dimetilamid va chumoli kislotasi, metan va SO,
stirol va formaldegid, SO va toluol.
Sanoat zaharlarining surunkali aralash ta’siri. SO va freon, SO va trietilamin
ta’sirida, Shuningdek bir yo‘la to‘rtta modda: anilin, furfurol, epoxlorgidrin va SO
surunkali ta’sir qilganda qo‘shilish samarasi kuzatiladi (ta’sir qiluvchi moddalar
ostonaviy va maksimal yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalarda bo‘lgan).
Surunkali ta’sirga sanoat zaharlarining sinyergik samarasi kam kuzatilgan.
Masalan, DDT va etil spirti aralashmasi, marganes va ftor birikmalari, bir yo‘la to‘rtta
modda (furfurol, anilin, epoxlorgidrin va is gazi), is gazi va azot oksidlari, etil spirti va
margimush, etil spirti va tiuramdisulfid, ozon va xlor kislotasi ayerozoli ta’siri.
Gidrobenzol va benzidin sulfatning birgalikda ta’sirida kansyerogen faollikning
kuchayishi haqida ma’lumotlar bor (Genin V.A., 1975).
Rezinali texnik buyumlarni ishlab chiqaradigan zavoddagi ishchi-ayollarning
sog‘lig‘ini uzoq vaqt kuzatish natijasida ishlab chiqarishdagi zararli omillarning bola
tug‘ish funksiyasiga ta’siri kuchayishi kuzatilgan (benzin va xlorlangan
uglevodorodlarning birgalikda ta’sirida). Bu hayvonlarda olib borilgan tajribalarda
ham tasdiqlangan. Bu tajribalarda tug‘ilish nazorat namunasiga nisbatan 53 foizga
kamaygan.
Sanoat zaharlarining surunkali aralash ta’siridagi antagonistik samara ancha ko‘p
uchraydi, ayniqsa kichik dozalarda ta’sir qilganda. Shuningdek, bunday samara o‘tkir
ta’sir qilganda antagonistik samara beradigan zaharlarda: oltingugurt gazi va azot ikki
oksidi, DDT va geksaxloran aralashmasi, azot ikki oksidi va SSl
4
, tetraxlorpentan va
xloretan kislotasi, azot oksidlari va mis oksidlarida ayniqsa ko‘p kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: