Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Tayanch so‘z va iboralar:
boshlang‘ich reaksiya fazasi, o‘rganishning rivojlanish 
fazasi, nospetsifik yuqori qarshilik ko‘rsatish holati (NYuQK), sinyergik va 
antagonistik umumiy ta’sir, o‘tkir
 
aralash ta’sir, harorat, namlik, toksik samara.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


50 
8. SANOAT ZAHARLARINING INSON ORGANIZMIGA 
TA’SIR ETUVCHI OMILLARI, SANOAT ZAHARLARINING 
BIOLOGIK TA’SIRI 
8.1. Sanoat zaharlarining inson organizmiga ta’sir etuvchi omillari 

Toksik ta’sir 
deganda, inson organizmi bilan turli xil moddalar, zaharlar ta’siri 
tushuniladi. Toksik ta’sir quyidagi omillarga bog‘liq. 
1. Xiliga qarab. Odam va hayvon organizmidagi ta’sirga qarab, modda almaShuvi 
jarayonlari nyerv sistemasining murakkabligi, inson xayotining davomiyligi, inson 
tanasining og‘irligi, fiziologik funksiyalarni boshqarish kiradi. Bu xilma-xillikning 
muhimligi barcha tajribadagi hayvonlarda olib boriladi va tajriba natijalari odam 
organizmiga o‘tkazib hisoblanadi. Bu hisoblar inson organizmiga zaharlar ta’siri 
deb olinadi va inson xayotining davomiyligi va boshqa omillar bilan xulosa qilinadi. 
2. Jinsiga qarab. Toksik ta’sirlarda inson jinsi katta ahamiyatga ega. Aromatik 
uglevodorodlarning ayollarga ta’siri quyidagicha: benzol ayollarning ichki 
organlariga tez sur’atlarda ta’sir ko‘rsatadi. Homilador ayol benzol bilan juda tez 
zaharlanadi. Bu esa yomon oqibatlarga olib keladi. Ba’zan juda og‘ir hollarda 
kasalxonalarga keltiriladi. Yana bir misol, yerkak organizmiga bor birikma zaharlari 
ayol organizmiga nisbatan tez ta’sir o‘tkazadi. 
3. Yoshiga
 
qarab. Inson yoshiga qarab toksik moddalar ta’siri bir xil bo‘lmaydi: 
bir xil zaharlar yoshi katta bo‘lmagan insonlarga katta ta’sir o‘tkazsa, Shu xildagi
zaharlar keksaygan insonlarga umuman ta’sir qilmasligi mumkin. O‘smirlar 
organizmi keksalar organizmiga nisbatan neyro zaharlarga ta’sirchanligi 2-3 barobar 
yuqori. Misol uchun qo‘rgoshin bilan o‘smir Shu darajada zaharlanadiki, hattoki qon 
tarkibi ham o‘zgarib ketadi, nyerv sistemasining buzilishi kuzatiladi. Yosh o‘smirlar 
organizmiga benzol, benzin va uning gomologlari azot oksidlari ta’siri yaxshi 
o‘rganilgan. Bu moddalarning naslga ham ta’siri bor. 
4. Shaxsiy sezgirlikka ta’sir. Bu ta’sir bioximyoviy fyermentlar sistemasi 
aktivligiga bog‘liq. Bu zaharlar organizmga kirgandan keyin, organizmdan chiqqanda
o‘z tarkibini almashtiradi. Bu zaharlar nasldan naslga o‘tuvchi kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. 
5. Zaharlarning 
fizik xususiyatlariga
qarab. Fizik xossalar zaharlarning 
toksikligini, organizmga ta’sirini, organizmda taqsimlanishni va organizmdan chiqib 
ketishini belgilaydi: 
a) zaharlarning agregat holatlariga qarab. Zaharlarning agregat holatlari
organizmga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, simob metali. Simob suyuq holatda 
unchalik zaharli emas, lekin simob bug‘lari organizm uchun juda xavfli. Bug‘ va 
gaz holatidagi gazlar juda xavfli, chunki ularning inson organizmiga kirishi oson; 
b) zaharlarning yeruvchanligi va dispyersligiga qarab. Tarkibida kvarsi bor 
changlar organizmga tez fibrogen ta’sir o‘tkazadi. Bu changlardagi zarralar 
o‘lchami 1-2 mkm. Ayerozollar o‘lchami 0,3-0,4 mkm ga teng. Zaharli ayerozollar 
nafas olganda organizmga intoksikatsiya qilish tezligi dispyerslik ortishi bilan 
oshadi. Chunki zarralarning yuza sirti yuqori tezlikda yerib, organizmga zararli 
moddalarning yutilishini, nafas olganda qonga yaxshi so‘rilishini ta’minlab beradi. 


51 
Changlarning suvda yerishi va to‘qimalardagi suyuqliklarda yerishi yomon 
asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar chang toksik bo‘lsa, uning yerish xususiyati, 
organizmdan, o‘pkadan chiqish xususiyati yengillashadi. Toksik zaharlarning 
yaxshi yerishi bu ularning salbiy omillari, salbiy xususiyatlari hisoblanadi. Yomon 
yeriydigan zaharli changlar (kvars aralash zaharlar) nafas olish yo‘llarida uzoq muddat 
turib qoladi. Biomuhitlarda sekin yeriydi, kremniy kislota hosil qiladi, silikoza 
rivojini sekinlashtiradi; 
d) elektrlanganlik va adsorbsion xususiyat. Elektrlanganda chang zarralari 
ayerozolning mustahkamligiga ta’sir qiladi. Neytral changlarga nisbatan bu 
ayerozollarning nafas olish yo‘llarida turib qolishi 2-3 barobar yuqori. Yuqori 
adsorbsion xususiyatga ega bo‘lgan yuzaki gazlar, toksik moddalar molekulalarini o‘z 
tarkibida ushlab turadi. Bu gazlarga - SO, SN
4
, benzopiren va boshqalar kiradi; 
e) uchuvchan moddalar. Bu moddalar zahar bug‘larining maksimal 
konsentratsiyasi va hajmi bilan haraktyerlanadi: 
S
=
 0,12MR ,

bu yerda: S - uchuvchanlik mg/l;

R
 -


bug‘ning egiluvchanligi, Pa; 
M - molekulyar massa;
T = 273 + t
K
- qaynash tempyeraturasi, °K. 
Yuqori uchuvchanlikka ega birikmalar, ishlab chiqarish korxonalarida katta 
konsentratsiyalarda mavjud bo‘ladi. 200 mg/l konsentratsiyadan yuqori bo‘lgan 
moddalarning zichligi havoning zichligidan 20% ortiq. Bu moddalarga dixloretan, 
benzol kiradi. Bug‘-havo aralashmalari tushish tezligi 0,2 m/s ni tashkil etadi. Shuning 
uchun sanoatdagi uchuvchi zaharlar ishlab chiqarish korxonalarining pastki zonasi 
qismiga joylashadilar. 
Organizm to‘qimalarida taqsimlanishiga qarab, to‘qimalar ichiga singish 
toksikligiga qarab elektrolitlar va noelektrolitlarga bo‘linadi. Bu klassifikatsiya 
Lazyerevniki hisoblanadi. 
Noelektrolitlar, yog‘larda yaxshi yeriydi. Ular Obyerton va Mayyer qonunlariga 
buysunadi. Bu qonun quyidagicha: modda hujayralariga qancha tez so‘rilsa va qancha 
ko‘p so‘rilsa, yog‘dagi yeruvchanligi Shuncha ko‘p bo‘ladi. Yog‘ va suv orasidagi 
taqsimlanish koeffitsiyenti ham shuncha katta bo‘ladi. 
Yog‘dagi yeruvchanlik 


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin