Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 Yоsh va individual ta’sirchanlikning intoksikatsiyaga ta’siri



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
 
11.5. Yоsh va individual ta’sirchanlikning intoksikatsiyaga ta’siri
Organizmga turli zaharlar ta’sir qilganda toksik samaraning namoyon bo‘lishiga 
yoshning ta’siri bir xil emas. Ba’zi bir zaharlar yosh hayvonlarga og‘irroq ta’sir qilsa, 
boshqalari qariroq hayvonlarga kuchliroq ta’sir qiladi, Yana ba’zi turdagi zaharlar 
uchun esa organizmning yoshi ahamiyatga ega emas.
Ushbu masala bo‘yicha umumiy xulosa quyidagidan iborat: yosh va qari 
organizmlar yetuk yoshdagi hayvonlarga qaraganda zaharli moddalarga ko‘proq 
ta’sirchanlikni namoyon etadi. 


73 
O‘spirinlarning zaharli modalarga ta’sirchanligi kattalarnikiga qaraganda 2-3 va 
hattoki 10 baravar yuqori. Biroq bir qator hollarda yosh bolalar, o‘spirinlar va 
kattalardan farq qilib, zaharlarga kamroq ta’sirchan bo‘ladilar. Bu bola organizmining 
gipoksiyaga barqarorligi, o‘spirin va yigitlar ta’sirchanligi esa yaqqolroq namoyon 
bo‘lishi bilan izohlanadi. 
Shunday qilib, yosh bo‘yicha ta’sirchanlikni o‘rganishda faqatgina organizmning 
yoshini emas, balki jinsiy mansubligini, zaharning xossalarini, uning ta’sir qilishi 
rejimini, organizmdan chiqarilishi yo‘llarini hamda organizmning individual 
xususiyatlarini ham hisobga olish lozim.
Zaharlarga nisbatan individual ta’sirchanlikning mavjudligi hech qanday shubhaga 
o‘rin qoldirmaydi. Ma’lumki, bir turdagi, jinsdagi va yoshdagi turli individlar 
zaharning bir xil miqdoriga turlicha ta’sirchanlikni namoyon qiladilar. Zaharlarga 
nisbatan individual ta’sirchanlikdagi farqlar biokimyoviy individuallikka, ya’ni 
gormonlar, fyermentlarning turli darajalariga va umuman moddalar almashinuvining 
holatiga asoslanadi. 
Toksik samaraning miqdoriy va sifatga oid xususiyatlarini biokimyoviy 
individuallikni hisobga olmasdan tuShunib bo‘lmaydi. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin