Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
11.6. Bioritmlar va toksik samara 
Toksik samaraning namoyon bo‘lishida tur, jins, yoshga oid va individual 
ta’sirchanlikdan tashqari, vaqt omili, ya’ni biologik soatlar katta ahamiyatga ega. 
Bunga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan omillar – mavsum va sutkalik o‘zgarishlardir. 
Mavsum bioritmlari.
Medinol va kofein ta’siri ostida farmokologik samaraning 
namoyon bo‘lishiga mavsumning ta’siridagi farqlar haqidagi ma’lumotlar Shuni 
ko‘rsatdiki, bahorda bu samara eng past, yozda va kuzda esa eng yuqori ko‘rsatkichga 
ega. 
Bu boradagi tajribalar insonni o‘rab turgan atrof-muhitda (shaharlar atmosferasida, 
ishlab chiqarish binolari havosida, suv havzalaridagi suvda va h.k.) zaharli 
moddalarning yo‘l qo‘yiladigan eng chekka miqdorlarini asoslash uchun muhim 
ahamiyatga ega. 
Sutkalik bioritmlar.
Organizmning zahar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi reaksiyalari 
uchun sutkalik ritmlar ham muhim ahamiyatga ega. Sutka davomida organizmdagi turli 
ko‘rsatkichlar o‘zgarib turishi 100 dan ortiq fiziologik funksiyalarda kuzatilgan.
Masalan, qonda qandning eng yuqori miqdori yertalab soat 9 da, eng kam miqdori 
esa soat 18 da qayd etilgan. Organizm ichki muhiti rN ko‘rsatkichi soat 3 dan 15 gacha 
ko‘proq nordon, 15 dan kechasi 3 gacha – ishqoriy, artyerial bosim yertalab soat 9 da 
eng past bo‘lsa, soat 18 da eng yuqori bo‘lishi mumkin, qonda gemoglobin miqdori 
soat 11-13 da maksimal darajaga, soat 16-18 da esa minimal darajaga yetadi. Bunday 
bioritmlar organizmning har qanday a’zosi yoki tizimiga xos. Odam organizmining 
sutkalik bioritmlarini hisobga olish ayrim ishlab chiqarishlarda va transport sohasida 
2-3 smenada ishlaydigan toifa xizmatchilar uchun katta ahamiyatga ega. Ishlab 
chiqarish unumdorligi va salomatlik holati bo‘yicha toksikologik-gigiyenik mehnat 
sharoitlarini baholashda sutkalik bioritmlarni hisobga olish zarur, ya’ni sutkalik 


74 
bioritmlarning buzilishi ishlab chiqarishda toksik samaraning kuchayishiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin