Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Ayrim sanoat moddalarining ishchi zona xavosidagi REKi



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
 
Ayrim sanoat moddalarining ishchi zona xavosidagi REKi 

T.r. Moddaning nomi 


REK, 
mg/m
3
Xavflilik 
guruhi 
Agregat holati 
1. 
Byerilliy 
0,001 

Ayerozol 
2. 
Margimush 
0,01 

Ayerozol 
3. 
Simob 
0,01 

Bug‘ 
4. 
Qo‘rg‘oshin 
0,05 

Ayerozol 
5. 
Tiofos 
0,05 

Ayerozol 
6. 
Vodorod sianid 
0,3 

Bug‘ 
7. 
Marganes 
0,5 

Ayerozol 
8. 
Formaldegid 
0,5 

Bug‘ 
9. 
Simob xloridi 
0,5 

Bug‘ 
10. 
Xlor 


Bug‘ 
11. 
Azod dioksidi 


Bug‘ 
12. 
Metil spirti 


Bug‘ 
13. 
Is gazi 
20 

Bug‘ 
14. 
Ammiak 
20 

Bug‘ 
15. 
Etil spirti 
1000 

Bug‘ 
Chunonchi, ayrim nitrillar va metil spirtida yerkin sianid kislotasi miqdori,
gidrolizlangan spirtda furfurol miqdori cheklab qo‘yilgan, mochevina-formaldegid 
smolasida yerkin formaldegidning miqdori 1 foizdan oshmasligi belgilangan. 
Gigiyenik standartlashtirish ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulotlarni 
maxsus pasportlar (sifat syertifikatlari) bilan ta’minlashi, ularda mahsulotning 
kimyoviy tahlili ma’lumotlari keltirilgan bo‘lishi lozim. 
 
13.3. Individual himoya vositalari va tibbiy ko‘riklar 
1995 yil 21-dekabrda qabul qilingan O‘zR Mehnat kodeksining 161-1-sonli 
qaroriga binoan, mehnatni muhofaza qilish nomli XSH bobida quyidagi moddalar 
qabul qilingan:
214-modda. Tibbiy ko‘rik 
Ish byeruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik 
(ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni 
tashkil qilishi shart: 
-
o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar; 
-
oltmish yoshga to‘lgan yerkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar; 
-
nogironlar; 


85 
-
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, Shuningdek transport harakati 
bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 
-
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar; 
-
umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning 
bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya byerish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va 
boshqa xodimlari. 
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti 
bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning ro‘yxati va ularni 
o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 
belgilanadi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar tibbiy ko‘riklardan 
o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy 
komissiyalarning tekshiruvlar natijasida byergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin 
tovlagan xodimlarni ish byeruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. Xodimlarning 
mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda 
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab 
qilishga haqlidir. 
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar. 
217-modda. Xodimlarni sut, davolash profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, 
shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash 
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar 
bo‘yicha: 
-
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari); 
-
davolash-profilaktika oziq-ovqati; 
-
gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun); 
-
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena 
vositalari bilan bepul ta’minlanadilar. 
218-modda. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazish 
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining 
ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish byeruvchi, ularning 
roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana 
Shunday ishlarga o‘tkazishi shart. 
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining 
ta’siridan xoli bo‘lgan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda shunday ishga 
o‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik 
ish haqi saqlanadi. 
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to‘lanadigan 
boshqa ishga vaqtincha o‘tkazilgan xodimlarga shu ishga o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki 
oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda 
byeriladigan ish haqiga qo‘shilganda xodimning avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan 
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Basharti kasallik varaqasida 


86 
ko‘rsatilgan muddatda ish byeruvchi boshqa ish topib byerolmagan bo‘lsa, u holda 
shuning oqibatida bekor o‘tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi. 
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha 
tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to‘lanadigan 
ishga o‘tkazilgan xodimlarga ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar 
bo‘lgan ish byeruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o‘rtasidagi 
farqni to‘laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi 
belgilangunga qadar to‘lanadi. 
Qonun hujjatlarida sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda 
avvalgi o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi 
bo‘yicha nafaqa to‘lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin