2.1. Zaharlar va zaharlanishlarning sinflanishi Barcha zaharlar 2 guruhga bo‘linadi, ya’ni baholanishning uslubiga asoslangan
umumiy hamda moddalarning xossalarini va ularning zaharliligi orasidagi aloqani
ifodalaydigan
maxsus sinflardir.
Umumiy sinflanish 1. Kimyoviy (kimyoviy xossalari bo‘yicha). Barcha moddalarni kimyoviy
nomenklaturaga muvofiq holda organik, anorganik va boshqalarga ajratiladi.
2. Amaliy (qo‘llanish maqsadida qaratilgan). Barcha zaharlarni quyidagi
guruhlarga bo‘linadi;
1. Sanoat zaharlari:
a) organik yerituvchilar;
b) yoqilg‘i;
d) bo‘yoqlar;
e) xladoagentlar (freonlar);
f) kimyoviy reagentlar;
g) plastifikatorlar va boshqalar.
2. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli ximikatlar:
a) zararkunandalarni qiruvchi pestitsidlar;
b) kemiruvchilarni qiruvchi zootsidlar;
d) baktyeriyalarni qiruvchi fungitsidlar;
e) o‘simliklarga ta’sir qiluvchi gyerbitsidlar (defolyantlar).
3.
Dorivor moddalar (o‘zining farmakologik sinfiga ega). Maishiy kimyoviy
moddalar (yuvuvchi, oqartiruvchi moddalar, dixlofos, karbofoz va boshqalar).
4. Hayvonlar organizmi va o‘simliklardan tayyorlanadigan zaharlar (ilon zahri,
ari zahri, chayon zahri, kurare o‘simligi va boshqalar).
5. Jangovar zaharlovchi moddalar (harbiy harakatlarni olib borish uchun).
Gigiyenik (zaharliklar darajasi bo‘yicha). Toksikologik (zaharli ta’sir etishiga ko‘ra).
Maxsus sinflanish 1.
Patofiziologik. Barcha moddalar organizmga tashqaridan modda tushgan uning
to‘qimalaridagi kislorod miqdorining pasayishining rivojlanishi tipiga muvofiq
bo‘linadi.
2.
Patokimyoviy. Moddalar o‘zlarining fyerment tizimlari bilan o‘zaro ta’sir
mexanizmiga ko‘ra bo‘linadilar.
3.
Biologik. Moddalar zaharlanishning biologik asoratlarining haraktyeri bo‘yicha
bo‘linadilar.
14
4.
Moddalarning kansyerogen faolligi darajasi bo‘yicha.