17
3. ZAHARLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI
3.1. Retseptorlar nazariyasi haqida tasavvur
Zaharlarning ta’siri uni organizmdagi konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Uning
toksik ta’siri zaharning kirishi, taqsimlashi, chiqarishi, organizmda o‘zgarishi
natijasida hosil bo‘lgan zaharning organizmdagi konsentratsiyasi bilan aniqlanadi.
Ko‘pgina sanoat zaharlari uchun toksik ta’sir begona moddalarni retseptorga
adsorsiyadan so‘ng hosil bo‘ladi va retseptorda zahar qolguncha davom etadi.
Retseptorlar nazariyasi zaharni biologik substrat bilan o‘zaro ta’sirini murakkab
mexanizmi to‘g‘risida tasavvur qilishga imkon yaratadi. Bunda retseptor zahar
tegadigan joy bo‘ladi.
Bir necha moddalarning harakat mexanizmi tekshirilganda, Shuni ko‘rsatdiki,
kimyoviy moddalar va ularga mos bo‘lgan maxsus retseptorlar o‘rtasida fizik-
kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladi.
Retseptor
– bu tirik organizmga zaharning ta’siri yo‘naltirilgan ma’lum bir
qismidir. Zararli modda va retseptor o‘rtasida bog‘lanish yuzaga keladi. Bu «zahar-
retseptor» kompleksining hosil bo‘lishiga olib keladi. Fyermentlar, aminokislotalar,
nuklein kislotalar, garmonlar va boshqalar retseptor bo‘lishi mumkin. Har qanday
modda biologik ta’sir o‘tkazishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
1.
Retseptorga yaqinlik.
2.
Shaxsiy kimyoviy faollik.
Retseptorga yaqinlik moddaning retseptor bilan «zahar-retseptor» kompleks
bog‘lanishining mustahkamlash darajasi deb tushuniladi va «zahar–retseptor»
kompleksining dissotsiatsiyasi tezligiga teskari bo‘lgan kattalik bilan o‘lchanadi:
Dostları ilə paylaş: