Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 Yallig‘lanish va allyergik ta’sirlar



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
3.2. Yallig‘lanish va allyergik ta’sirlar
Sanoat zaharlari yallig‘lanish, distrofiya, bezgak, allyergiya kabi patologik 
jarayonni keltirib chiqarishi mumkin.
Zahar uzoq muddat ta’sir qilganda shish hosil bo‘lishi, homila rivojlanishining 
buzilishi va hujayra irsiy apparatining zararlanishi va h.k kuzatiladi. 
Yallig‘lanish – organizmda turli xil patalogik o‘zgarishlarning rivojlanishi
o‘xshash tuzilishga ega endogen va ekzogen kimyoviy moddalar o‘rtasidagi raqobatli 
ta’sirlarga bog‘liq. Ekzogen raqib endogen moddalarning o‘rnini bosib yoki ularni 
tabiiy birikmalardan siqib chiqarar ekan, biokimyoviy reaksiyalarning tabiiy kechishini 
buzadi. Bunday jarayonlar sanoat zaharlari tashqaridan ta’sir qilganida ham, organizm 
ichiga tushganida ham yuz beradi.
Yallig‘lanish – organizmning eng keng tarqalgan va yaqqol seziladigan ta’siri. 
Suvda yoki yog‘da yaxshi yeriydigan, reaksiyaga kiriShuvchan moddalar bevosita 
ta’sirlaShuv nuqtasida – tyerida, ko‘z shilliq qavatida, yuqori nafas yo‘llarida va ovqat 
hazm qilish traktida yallig‘lanishni hosil qiladi (kuchli kislotalar, ishqorlar, og‘ir 
metallar tuzlari, nitrogazlar, xlor).


20 
Bo‘g‘uvchi gazlar keltirib chiqaradigan nafas yo‘llarining yallig‘lanishi jarayoni 
tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishi ekssudatsiya bilan kechadi va o‘pka shishiga 
olib keladi. Ekssudatsiya – tarkibida shaklli hujayralar bo‘lgan qon plazmasining 
mayda vena va kapillyarlardan atrofdagi to‘qimalarga va organizm bo‘shlig‘iga 
ko‘chib o‘tishi jarayoni. Bunday ekssudativ ta’sir va o‘pka shishi azot oksidlari, 
ammiak, fosgen bilan zaharlanganda kuzatiladi. 
Og‘ir metallar bilan zaharlanganda yo‘g‘on ichakda fibrozli ekssudativ jarayon 
boshlanadi. Fibroz – yallig‘lanish oxirida biriktiruvchi to‘qimaning birlashib ketishi. 
Qo‘zg‘atuvchi gazlar, bug‘lar yoki qattiq birikmalar changining kichik 
konsentratsiyalari uzoq vaqt ta’sir qilganda sekin-asta toksik pnevmosklyerozga olib 
keladi (ammiak, gitrogazlar, kremniy asbest, ayrim metallar). Pnevmosklyeroz - 
yallig‘lanish tufayli o‘pka alveolalari hujayralarining nobud bo‘lishi oqibatida o‘pka 
to‘qimasining qattiqlashishi.
Yallig‘lanish va keyin rivojlanadigan jigar sirroziga margimush, fosfor, xlorlangan 
uglevodorodlar, selen, qo‘rg‘oshin sababchi bo‘ladi. 
Sirroz
– fibroz to‘qimaning o‘sib ketishi, uning tarkibiy o‘zgarishi va bujmayib 
qolishi (jigar, o‘pka sirrozi).
Ko‘plab yuqori aktiv kimyoviy agentlar o‘tkir yallig‘lanishni keltirib chiqaradi va 
to‘qimalarning nekrotik o‘zgarishiga sabab bo‘ladi
.
Nekroz
– to‘qimaning nobud bo‘lishi (halok bo‘lishi). Tyeri va shilliq qavat 
nekrozi ularga fenol, naftollar (naftalin qatori fenollari), ohak, kalsiy karbomid kabi 
kuchli sanoat zaharlari tushganda yuz beradi. Cr va Ni tuzlari burunning shilliq 
qavatida yaralar hosil qiladi va burun to‘sig‘ining teshilishiga olib keladi. Buyraklar, 
jigar, miokard, bosh va orqa miyadagi turli xil distrofiyalar ko‘rinishidagi nekrotik 
yaralar o‘tkir va surunkali intoksikatsiyalarda kuzatiladi. 
Distrofiya
 
– to‘qima (hujayra) metabolizmi o‘zgarishlarining umumiy nomi. 
Yallig‘lanish faqat zaharning hujayra bilan bevosita ta’sirlaShuvi oqibatida emas, 
balki zaharning to‘qimalarda joylashgan retseptorlarga, xususan, tomir tizimining
xemoretseptorlariga reflektor ta’siri natijasida ham kelib chiqishi mumkin. 
Ayrim metallarning (Si, Hg, Co, Ni, Sb, Pb, F, Ag, Cd,MgO, elektr payvandlash 
ayerozoli, ayniqsa Zn, Zno – quyma bezgak) havoda tez oksidlanadigan bug‘laridan 
nafas olganda yuqumli bo‘lmagan bezgak kuzatiladi, bunda tana harorati keskin 
ko‘tarilib ketadi.
Quyma bezgak mexanizmi metall oksidlarining yuqori dispyers bug‘lari chuqur 
nafas 
yo‘llariga 
tushganda 
o‘pka 
alveolalari 
hujayralari 
oqsillarini 
denaturatsiyalashidan iborat. Organizm uchun begona bo‘lib qolgan bu oqsillarning 
shimilishi aseptik bezgakni keltirib chiqaradi (begona oqsilga qarshi reaksiya). Aseptik 
– zararsizlantirilgan, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar bilan bog‘liq 
bo‘lmagan. 
Allyergik ta’sirlar.
Ko‘pchilik kimyoviy moddalar turli zaharlar uchun klinik 
belgilari bo‘yicha o‘xshash, biroq ularning umumiy toksik faolligiga aloqasi 
bo‘lmagan kasalliklar sababchisi bo‘lishi mumkin. Bu – allyergik tabiatga ega 
kasalliklardir. Hozirgi paytda allyergiya keltirib chiqaradigan bir necha ming oddiy 
kimyoviy moddalar va bir necha yuz ming murakkab organik birikmalar ma’lum. 


21 
Sanoat akzoallyergenlari organizmga nafas yo‘llari va ovqat hajm qilish trakti, 
tyeri va shilimshiq qavatlar orqali oddiy yo‘l bilan tushishi mumkin. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin