Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
3.3. Allyergenlar 
 
Allyergenlar 
– organizmga qayta-qayta ta’sir qilganda uning ta’sirchanligini oshira 
oladigan moddalar. Allyergenlar ham anorganik moddalar (Co, Ni, As, Cr, Be va 
ularning birikmalari), ham organik moddalar (venilkarbazol, vinilpiridin, aminazin, 
formaldegid, skipidar, kanifol va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Organik tabiatli eng 
kuchli allyergenlar diaminlar (ureol), naftilaminlar, amino-fenollar, nitro-benzollar, 
aminobenzollar va diizotsianatlardir. 
Allyergenlar organizmda turli proteinlar bilan kompleks birikmalarni hosil qiladi 
va antigenni hosil qiladi. Allyergenlarning dastlabki ta’sirida organizm 
sensibilizatsiyasi – allyergenga ta’sirchanlikning oshishi yuz beradi. Allyergenlar 
immunogenezda ishtirok etadigan hujayralar elementlari bilan zanjirli reaksiyaga 
kirishib, ularga uchun spetsifik antitelolarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Xuddi Shu allyergen qayta ta’sir qilganda “antigen-antitelo” reaksiyasi natijasida 
toksik ta’sirga ega mahsulotlar paydo bo‘ladi, ular ayniqsa qonning shaklli 
hujayralariga (granulotsitlar, trombotsitlar), qon hosil qilish a’zoga va biriktiruvchi 
to‘qimaga (semirtirish hujayralari) ta’sir qiladi. 
Hujayralar zararlanganda (ayniqsa biriktiruvchi to‘qima hujayralari) ulardan 
yuqori aktiv biologik moddalar (gistamin, syerotonin, atsetilholin, geparin) ajraladi, 
ular organizmning allyergik ta’sirini keltirib chiqaradi.
Allyergik ta’sir turli xil shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: angionevrotik shish, 
bronxial astma, leykopeniya, anemiya, gepatit, eshakemi, toksikodyermiya, ko‘pincha 
professional allyergik dyermatit yoki ekzema paydo bo‘ladi. 
Ayrim moddalar tyerini quyosh nurlariga, aniqrog‘i, UF-nurlarga sensibilizatsiya 
qilishi mumkin. Bunday ta’sirga toshko‘mirli smola, golovaks, antratsen, naftollar, 
naftalin va difenil hosilalari ega. 
Professional allyergozlarning ikkita klinik shakllari mavjud: 
Birlamchi allyergik (yuqumli bo‘lmagan), sog‘lom odamlarda birinchi marta 
paydo bo‘ladi; 
Ikkilamchi (infeksion-allyergik), bronx-o‘pka apparatida yoki tyeri qoplamasidagi 
yallig‘lanishlan keyin paydo bo‘ladi. 
Birlamchi shaklda kimyoviy, ikkilamchi shaklda baktyerial sensibilizatsiya asosiy 
ahamiyatga ega. Kimyoviy allyergiya zudlik bilan ta’sir ko‘rsatish (bronxial astma, 
astmoidli bronxit, eshakemi, rinit, konyuktivit, Kvinke shishi) yoki sekin ta’sir qilish 
(dyermatit, ekzema) ko‘rinishida kechishi mumkin. 
Dyermatit bilan og‘rigan bemorlarda bu moddalar ichki qabul qilinganda 
anafilaktik shok kabi umumiy allyergik ta’sir kuzatilishi mumkin. 
Umumiy toksik va allyergik samara boshlanadigan miqdorlar (dozalar) odatda mos 
kelmaydi. Allyergenning katta miqdori sensibilizatsiyadan ko‘ra ko‘proq o‘tkiroldi 
yoki surunkali zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, xromli ekzema 
sementchilarda keng tarqalgan (sementda Cr miqdori 0,001-3 mg % dan oshmaydi) va 


22 
deyarli hech qachon xromli birikmalar zavodlari ishchilarida uchramaydi, holbuki u 
yyyerda odamga ta’sir qiladigan konsentratsiyalar ancha yuqori. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin