- tajribadagi barcha hayvonlarni o‘limga olib keladigan doza. Bu
ko‘rsatkichlar tadqiq etilayotgan moddalarning zaharli xususiyatlari xaqida etarli
ma’lumotlarni byera olmaydi. Shuning uchun o‘limga olib keluvchi o‘rtacha doza
(yoki konsentratsiya) kattaligidan foydalaniladi.
DL 50 (CL 50 ) - tajribadagi hayvonlarning 50 foizini o‘limiga olib keluvchi
moddaning miqdori (dozasi). DL
50
, CL
50
kattaliklari tajribani rejalashtirishning
statistik usuli bilan aniqlanadi.
Zaharlilik deb, o‘rtacha o‘lim dozasining (1/DL
50
) yoki konsentratsiyasining
(1/CL
50
) o‘rtacha absolyut qiymatiga teskari bo‘lgan kattalik tushuniladi.
Ta’sir qiluvchi moddaning konsentratsiyasi mg/m
3
larda, mg/kg, %, millionning
qismlarida (ppm-parts pyermillion) belgilanadi. Chunonchi, havodagi REK uchun
(mg/m
3
) = M/22,4 REK (ppm). M – moddaning molekulyar og‘irligi.
Dozalar og‘irlik yoki hajm birliklarining hayvon og‘irligi birligiga nisbatida
belgilanadi (mg/kg, ml/kg).
Odam organizmi moddalar doimo kirib va chiqarilib turadigan ochiq sistemadir.
Shuning uchun qandaydir moddaning sistemani gomeostaz doirasida saqlab tura
oladigan organizmga kirish kattaligi mavjud. Kirish kattaligi 1 sutka va 1 hafta uchun
aniqlanadilar.
Yo‘l qo‘yiladigan bir kunlik kirish kattaligi (accep-table daily intake - Adi) –
davom etayotgan ta’sir sharoitida 1 sutka davomida oqimga kelib tushadigan
moddaning zararsiz dozasi.
Yo‘l qo‘yiladigan bir haftalik kirish kattaligi (accep-table Weekly intake - Awi) –
davom etayotgan ta’sir sharoitida 1 hafta davomida organizmga kelib tushadigan
moddaning zararsiz dozasi.
Kimyoviy birikmalar organizmga oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga kelib
tushadi. Ular (kimyoviy birikmalar) turli xil moddalar bilan ularning olish jarayonida
ham, qayta ishlash jarayonida ham kontaktda bo‘ladilar (masalan, pestitsidlar, nitratlar
va boshqalar).
Yo‘l qo‘yiladigan qoldiq miqdorlar – YQM moddalarning oziq-ovqat
mahsulotlaridagi kasalliklar yoki buzilishlar (siljishlar) keltirib chiqarmaydigan yoki
keyingi avlodga yomon ta’sir qilmaydigan bo‘lsin.
Sanoat korxonalarida juda ko‘p hollarda zararli moddalarning havodagi
konsentratsiyasi REKdan yuqori bo‘ladi, bu esa odamlarning zaharlanishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish maqsadlari uchun
IZIK (KVIO) ko‘rsatkichi -
ingalyatsion zaharlanish imkoniyatlari koeffitsiyenti keng qo‘llaniladi. Bunda moddaning havodagi
20
0
C dagi to‘yingan bug‘lari konsentratsiyasining moddaning organizm uchun o‘limga
olib keluvchi o‘rtacha konsentratsiyasiga nisbati (2 soat va 2 hafta uchun) olinadi.