Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 Nospetsifik yuqori qarshilik ko‘rsatish holati (NYuQK)



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
7.2. Nospetsifik yuqori qarshilik ko‘rsatish holati (NYuQK) 
Bir qator hollarda zaharlarga o‘rganishda organizmning umuman boshqacha fizik 
tabiatga ega bo‘lgan omillarga ham qarshiligi oshadi. Bunday holat – bir agentlarning 
takror ta’siridan keyin boshqa agentlarga rezistentlikning oshishi - ilgari 
chiniqtirishda, mushaklarni mashq qildirishda, vitaminlar qabul qilishda ma’lum edi. 
Organizmning NYuQK, odatda, kompensator-himoya mexanizmlarini zo‘raytirish 
zarur bo‘lgan hollarda aniqlanadi. U ikki yoqlama tarzda ifodalanadi: 
a) qo‘shimcha zo‘riqishga yuqori barqarorlik ko‘rinishida; 
b) rivojlangan siljishlarning tezroq normallaShuvi ko‘rinishida. 
Zaharlarga o‘rganishda NYuQK kuchsiz qo‘zg‘atuvchilarga ham, nihoyatda kuchli 
qo‘zg‘atuvchilarga ham nisbatan tizim, organ, to‘qima, hujayra darajalarida namoyon 
bo‘lishi mumkin. 
Masalan, atsetonga o‘rganishda qon-tomir tizimining zo‘riqishi quyonlarda yurak 
urish va nafas olish chastotasining o‘zgarishini me’yorga qaraganda kamroq keltirib 
chiqaradi. Zaharlarga o‘rgangan kalamushlarda stress tusiga ega bo‘lgan ta’sirlarga 
nisbatan zaharga o‘rganmagan kalamushlarga qaraganda asab tizimi kamroq o‘zgaradi.
Zaharlarga o‘rganishda NYuQK rivojlanganda organizmning tyermik barqarorligi,
uning mushaklari ishchanligi, immunologik barqarorligi va infeksiyalarga barqarorligi 
oshadi. 
Sanoat toksikologiyasi uchun alohida ahamiyatga ega NYuQK ko‘rinishi 
shakllaridan biri – 
chatishma o‘rganish
, ya’ni bir kimyoviy moddalarga o‘rganishda 
boshqalari ta’siriga barqarorlikning oshishi. Chatishma o‘rganish ham organik, ham 
anorganik moddalarga nisbatan, ham past (ostonaviy), ham yuqori (o‘limga olib 
keladigan) toksiklik darajasida ham kuzatilishi mumkin. 
Surunkali ta’sirga o‘rganish natijasida o‘tkir ta’sirlarga barqarorlik oshishi 
mumkin (chatishma o‘rganish). Masalan, toluol yoki benzinga kalamushlarni o‘rgatish 
bo‘yicha surunkali tajribalarda hayvonlarda etanolning narkotik samarasiga 
rezistentligi oshadi va uning o‘limga olib keladigan konsentratsiyasidan o‘lish holatlari 
kamayadi. 
Simob birikmalarining past dozalarida qayta-qayta inyeksiya yuborish kadmiy va 
indiyning o‘limga olib keladigan yuqori dozalarini yuborganda ularga barqarorlikni 
oshiradi va o‘lim holatlarini kamaytiradi. Avval indiyni yuborish kadmiy va 
qo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda o‘lim holatlari foizini kamaytiradi, dastlab marganes 
yuborilganda esa kadmiy, mis, indiyning o‘limga olib keladigan dozalaridan o‘lish 
hollarini kamaytiradi. 
Biroq teskari samara ham mavjud. Dastlab organizmga yuborilgan kadmiy, simob 
va marganes rux ta’siriga ta’sirchanlikni oshiradi.


43 
NYuQKda umumiy himoya mexanizmlari organizmni turli ta’sirotlarga 
tayyorlaydi. Qandaydir ta’sirlarning yo‘qligi (“shisha qalpoq ostidagi hayot”) 
organizm qarshilik ko‘rsatish qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi va uni o‘limga 
mahkum etadi. Biroq NYuQKning borligi organizmning butunlay hamma zaharlardan 
himoyalanganligini bildirmaydi. Zaharlarga o‘rganishda zararlovchi omillarga 
barqarorlikning oshishi bilan birga patologiya belgilarini ham kuzatish mumkin. 
Chunonchi, sichqonlar markaziy asab tizimini xlorlangan uglevodorodlar ta’siriga 
o‘rgatishda NYUQK rivojlangani qayd etildi, biroq yorib ko‘rilganda jigarning yog‘li 
distrofiyasi aniqlandi. 
Shunday qilib, NYUQK ko‘pincha o‘rganishga hamroh bo‘ladi. Kimyoviy omil 
bilan uzoq vaqt yoki takroran aloqada bo‘lganda NYUQK kuzatilishi organizmda 
ushbu omilga o‘rganish paydo bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq agar o‘rganish paytida 
organizm haddan tashqari zo‘riqsa, NYuQK kuzatilmasligi mumkin. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin