Turli yosh davrlarida zaharlarga o‘rganish Sanoat toksik agentlari ta’siriga o‘rganish qobiliyati turli yosh davrlarida turlicha
bo‘ladi. Yosh, hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan organizm zararlovchi omillar ta’siriga
funksional tayyorlikning zarur darajasiga hali yetmagan bo‘ladi, bu uni zaharlarga
nisbatan zaif qilib qo‘yadi.
O‘spirinlik davrida toksik sanoat moddalari ta’siriga kattalarga qaraganda yuqori
(2-10 marta) ta’sirchanlik kuzatiladi. Hayvonlarda olib borilgan tajribalarda yoshlarda
kattalarga qaraganda o‘rganish qiyinroq kechishi aniqlandi.
Qariganda moslaShuvchanlik qobiliyati Yana yomonlashadi. Biroq qarilikda
moslaShuvning pasayishi asta-sekin, oldingi yillarda o‘rganishning rivojlanishi
qanchalik yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Shunchalik sekin kechadi. Organizm ilgari o‘rganib
qolgan zaharlarga nisbatan barqarorlik ancha uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Aralash va kompleks ta’sirga o‘rganish Turli moddalarning aralash ta’siriga o‘rganish bitta zaharga o‘rganishdan kuchli
farq qilmaydi, agar bu ta’sir bir yo‘nalishli bo‘lsa (ya’ni dozasi yoki konsentratsiyasi
bir xil bo‘lsa). Biroq organizm bir vaqtning o‘zida bir nechta zaharga to‘qnash kelsa,
moslashtiruvchi mexanizmlar ko‘proq zo‘riqadi, o‘rganish qiyinlashadi, uning
davomiyligi qisqaradi.
Fizik va kimyoviy omillar aralash holda bir vaqtda takroran ta’sir qilganda
qo‘zg‘atuvchilar kuchlari nisbati muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kuchli shovqin SOga
o‘rganishga to‘sqinlik qiladi.
Turli omillarning ta’sir kuchi va ayniqsa ular ichidagi eng xavfli omilning kuchi
muhim ahamiyatga ega.
Bir xil kimyoviy moddalar ularni organizmga kirishi yo‘llariga qarab turli retseptor
maydonlarga ta’sir qiladi. Organizmga kirish yo‘llari so‘rilish, o‘zgarish va
organizmdan ajralish tusi va tezligini belgilab beradi. Moddalar ostonaviy darajada
kompleks tarzda organizmga kiritilganda o‘rganish tezlashadi.
Metil va etil spirtlari, formaldegid, siklogeksan, benzol, atseton, benzin va
boshqalar moddalar ta’sirini o‘rganganda Shu aniqlandiki, bu moddalarning kichik
dozalardagi (konsentratsiyalardagi) ta’siri ulardan har biri kompleks ta’sir qilganda
o‘rganishni tezlashtiradi.
44
Shunday qilib, zaharlar organizmga kelib tushganda ularning toksik samarasini
hisobga olganda qo‘shilish samarasi kuzatiladi.