7.3. Ishlab chiqarish muhiti kimyoviy va fizik omillarining
aralash ta’siridagi toksik samara
Ishlab chiqarish sharoitlarida odam organizmiga moddalar ko‘proq boshqa
noqulay omillar bilan birga ta’sir qiladi, bunday omillarga yuqori va past harorat,
yuqori va past namlik, vibratsiya, shovqin, turli nurlanishlar kiradi. Bunday birikuv
samarasi u yoki bu omilning alohida ta’siridan boshqacha bo‘lishi mumkin.
Harorat omili.
Sanoat zaharlari va yuqori haroratning aralash ta’sirini o‘rganish
bo‘yicha olib borilgan ishlardan olingan eng umumiy xulosa Shundan iborat: zararli
46
moddalar va yuqori harorat bir vaqtda ta’sir qilganda, odatda, toksik samara kuchayadi
va tezlashadi. Lekin doim ham Shunday bo‘lavyermaydi.
Masalan, kvars changi va yuqori harorat (quyonlarda – 30-32
o
C, kalamushlarda –
38-40
o
C) bir vaqtda ta’sir qilganda silikotik jarayon sustlashdi.
Kuchuklarda olib borilgan tajribalarda yuqori haroratlarda (35, 40, 45
o
C)
anilinning zaharliligi kuchaymadi, biroq kalamushlar bilan olib borilgan tajribalarda
anilin zaharliligi kuchaydi.
Biroq zararli moddalar va yuqori atrof-muhit haroratining organizmga bir vaqtda
ta’siri ko‘p hollarda biologik samaralarning qo‘shilishiga olib keladi va o‘zaro
og‘irlashtirish sindromini keltirib chiqaradi.
Bu hol zararli moddalarning insonni o‘rab turgan muhitdagi miqdorini me’yorlash
uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Bir qator mualliflar yuqori harorat sharoitida
REKni pasaytirish uchun “tuzatuvchi koeffitsiyentlar”ni taklif qiladilar. Masalan,
pestitsidlarni issiq iqlim sharoitida qo‘llaganda ularning REKga 5-10 baravarli
tuzatish kiritish tavsiya etiladi, chunki 36-40
o
C haroratda pestitsidlarning toksik
samarasi kuchayadi.
Zaharli moddalarning va past atrof-muhit haroratining aralash ta’siri masalasi
kamroq o‘rganilgan. Umumiy ko‘rinishda ushbu muammoga bag‘ishlangan ishlar
natijasini quyidagicha ta’riflash mumkin: haroratning pasayishi ko‘p hollarda toksik
samaraning kuchayishiga olib keladi. Bu SO, benzin, oltingugurt vodorodi, trixloretan,
anilin, azot oksidlari uchun xos. Biroq bir qator sanoat zaharlarida haroratning
pasayishi toksik samaraning pasayishiga olib kelishi kuzatilgan (xlorofos, azot
oksidlari).
Havoning yuqori namligi.
Azot oksidlari, tarkibida xlor bo‘lgan birikmalarning
qo‘zg‘atuvchi samarasi havodagi va nafas olish yo‘llaridagi namlik bilan kimyoviy
ta’sirlaShuv natijasida azot, xlor kislotalari tomchilari hosil bo‘lishi oqibatida
kuchayadi.
Barometrik bosim.
Bu masala okeanografik tadqiqotlar olib borish, aviatsiyaning
rivojlanishi va kosmosni o‘zlashtirish nuqtayi nazaridan juda muhimdir.
Ko‘plab fiziologik funksiyalarning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan
gipyerbariya organizmning zahar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi samarasiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘zaro og‘irlashuv sindromi paydo bo‘ladi, Shu munosabatda toksik
samara ham kuchayadi.
Gipoksiya.
Uglyerod oksidi, alkogol, benzol, azot oksidlari, to‘rt xlorli uglyerod
kabi zaharlar ta’siri gipoksiya sharoitida ancha kuchayishi aniqlangan.
Masalan, baland tog‘lar sharoitida pestitsidlarning zaharliligi va kumulyativliligi
tekislikdagi sharoitlarga qaraganda kuchayadi. Kislorod etishmaganda pestitsidlar
ta’siri gipoksiyani – organizmning patologik holatini Yanada og‘irlashtiradi. Biroq
barometrik bosim pasayganda hayvon organizmiga karbonat gazi va ozon ta’sirining
toksik samarasi kamayishi kuzatilgan.
Shovqin va vibratsiya.
Tajribalardagi va professional patologiya klinikasidagi
tadqiqotlar bir xil natija ko‘rsatdi. Ishlab chiqarishdagi shovqin toksik samarani
kuchaytiradi va jarayonni tezlashtiradi. Bu is gazi, stirol, alkilnitril, kreking-gaz, neft
gazlari, bor kislotasi ayerozoli va boshqalar uchun isbotlangan. Ishlab chiqarish
47
xonalari havosida zararli moddalar miqdorining gigiyenik reglamentatsiyasi hamda
ishlab chiqarish shovqinining yo‘l qo‘yiladigan darajalari, ular aralash ta’sir qilishi
sharoitida, yetarlicha “qat’iy” bo‘lishi kerak.
Xuddi shunday talab vibratsiyaga ham tegishli, chunki vibratsiya anchagina
sanoatdagi kobalt changi, kremniy changi, dixloretan, uglyerod oksidi, epoksid
smolalari kabi zararli moddalar toksik samarasini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |