279
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning hissadorlik
jamiyatlarining meyordagidek iqtisodiy
faoliyati uchun aylanma
mablag‘lar talab qilinadi.
Aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda joriy aktivlarga investitsiya
qilingan mablag‘larni “Aylanma mablag‘lar”
atamasidan tashqari
“aylanma kapital”, “aylanma aktivlar” yoki «joriy aktivlar” kabi ibo-
ralar qo‘llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik yuritishning xo-
rijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko‘ra, aylanma aktivlar korxona
ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo‘lib, uning qiymati ishlab
chiqarishning har bir siklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkaziladi
hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng korxonaga qaytariladi. Aylanma
kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari
hisoblanuvchi yoki
ishlab chiqarish jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi
harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligida 2018-yil 27-avgustda 21-son bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya
hisobi milliy standarti
(21-son BHMS)da aylanma aktivlar «joriy aktivlar deb e’tirof etiladi”.
Dostları ilə paylaş: