166
2.
Byudjet ijrosi davomida mahalliy byudjetlarning daromad
rejasini o‘zgartirish orqali mahalliy byudjetlar tomonidan amalga
oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta’minlash amaliyotidan
voz kechish.
3.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan va byudjet tushumlari
hisobidan qoplashga asoslangan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish.
Bunda obligatsiyalardan keng ko‘lamda foydalanish mumkin.
Chunki obligatsiyalar qat’iy belgilangan foizlarda daromad keltiradi.
Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish, foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida
amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining o‘sishiga olib
keladi. Bunda mahalliy byudjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va
nominal qiymati o‘rtasidagi farq ko‘rinishida sof daromad keltirishi
mumkin. Byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan qisqa muddatli
pul yetishmasligining oldini olish maqsadida obligatsiyalardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjet moliyaviy
imkoniyatlarini oshirishning yana biri – mahalliy hokimiyatlarni
byudjetlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini
yaratish bilan bog‘liqdir, ya’ni bunda mahalliy byudjetlarga tijorat
veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan,
Rossiya Federatsiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar
chiqarish yo‘li bilan byudjet tashkilotlarining boshqa xo‘jalik
tashkilotlari oldida qarzdorligi muammosini hal qilish imkoniga ega
bo‘ladilar. Lekin afsuski yurtimizda ba’zi bir kamchiliklar tufayli
veksellar muomalada mavjud emas. Bu kamchiliklarni o‘rganib
chiqib, ma’lum bir doirada veksellarning joriy qilinishi xo‘jalik
muomalalarini tezlashtirib turli muammolarni hal etish imkonini
beradi.
Hozirgi kunda ko‘pgina korxona va tashkilotlar o‘z xodimlari va
ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirib
kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida, ularning mablag‘larini ishlab
chiqarishdan chiqib ketishiga olib kelib, moliyaviy ahvoliga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu tomondan korxonalar tomonidan amalga
oshirilayotgan ijtimoiy xarajatlarni mahalliy byudjetlar tomonidan
amalga oshirilishi ushbu korxonalar uchun ishlab chiqarishni
rivojlantirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: