236
muhtoj fuqarolarning muayyan muddat yoki umrbod soliqlardan to‘la
yoki qisman ozod qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shunday
yondashuv O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolardan olinadigan
daromad solig‘i to‘g‘risida»gi qonunida ham ifodasini topgan.
Aytaylik, soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa
tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo‘shilmaydi, ayni
paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar
bo‘yicha tortiladi.
Bozor iqtisodiyotida soliq – moliya resurslarini jamlash, xo‘ja-
lik faoliyatini izga solib turish va daromadlarni ijtimoiy ahamiyatga
molik maqsadlarga qayta taqsimlash bilan bog‘liq muhim vazifalarni
bajaradi. Puxta ishlab chiqilgan, aniq amal qiladigan soliq tizimisiz
samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirish imkonsizdir.
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Qadimgi davlatlarda qanday soliqlar mavjud bo‘lgan?
2.
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi qachon
shakllana boshladi va qanday xususiyatlarga ega?
3.
Soliq siyosatining o‘ziga xos jihati nimada?
4.
Soliq islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib bering.
5.
Soliqqa tortish tizimiga kiritilgan sezilarli o‘zgarishlar
mohiyati nimalardan iborat?
6.
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi boshqa
mamlakatlar soliq tizimidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
7.
XX asrning boshlarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan soliq
siyosatining o‘zagi xos jihatlari nimalardan iborat edi?
8.
Korxonalardan qanday soliqlar undiriladi?
9.
Tadbirkorlardan qanday soliqlar undiriladi?
10.
Aholi daromadi nima?
11.
Oila daromadi qanday tarzda taqsimlanishi mumkin?
12.
Barter operatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
13.
Soliqlar moliyaviy resurslarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Dostları ilə paylaş: