340
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir
xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq
deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida
ishlash uchun chet ellik
xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir
shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan
yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari
ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan
tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini
amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki
sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq
zararning
o‘rnini qoplash tarzidagi, Soliq kodeks 369-moddasi ikkinchi
qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi
ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi
uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi Soliq kodeksning
371-moddasiga muvofiq to‘lanadigan
xarajatlar summasi sifatida
aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va
konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respub-
likasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo
tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga
xizmat safariga
yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq
bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari
xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda
qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston
Respublikasi
hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida
mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib
aniqlanadi.
Soliq kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan
daromadlar bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish
uchun soliq bazasi
chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida,
341
biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik
xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir
shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam
bo‘lmagan summada belgilanadi.
Soliq
stavkalari, agar Soliq kodeksning 408-moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi miqdorlarda
belgilanadi:
Dostları ilə paylaş: