34
ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy
ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi.
Umumdavlat moliyasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurs-
larni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o‘rtasida, ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o‘rtasida hamda mulk
shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o‘rtasida qayta
taqsimlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin
bo‘ladi.
Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan
pul fondlarini, jamg‘arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat
byudjeti xarajatlari, davlat kreditini qo‘llash bilan shakllantirishga
ta’sir o‘tkazadi.
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini hisob-
lanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun
markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
Dostları ilə paylaş: