Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash 
tartibi.
Soliqni to‘lash tartibida esa, soliqning yo‘naltirilganligi 
(byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash 
vositasi (milliy valyuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy 
valutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq, 
soliqlar faqat milliy valyuta, so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda 
soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi. 


471 
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stav-
kasidan, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan 
kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob 
qilish qoidalarini belgilaydi. 
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil 
ravishda amalga oshiriladi.
Soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq 
organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin. 
Agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni 
mustaqil ravishda to‘laydi.
Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki soliq 
kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi. 
Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini 
tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar 
to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni to‘lash 
bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi. 
Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi 
mumkin. Bo‘nak to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash 
bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi. 
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni 
banklar orqali naqd pulsiz shaklda to‘laydi. 
Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish 
tartibi hamda to‘lash muddatlari Soliq kodeksining Maxsus qismida 
belgilanadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin