4. Jamoat tashkilotlari moliyasi
Jamoat tashkilotlari mamlakat jamoatchilik tizimining ajralmas
qismidir. Ular jamiyat a’zolarining ma’lum soha yoki ijtimoiy
guruhga, umumiy maqsadlarga, qiziqish yoki umumfuqarolik
masalalarini hal qilishda bir xil yondashuvligi, g‘oyaviy maqsadlar
uchun birlashishi asosida vujudga keladi. Mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ijodiy
uyushmalar, sport va boshqa ixtiyoriy birlashmalar, maxsus tashkiliy
108
shakl asosida birlashgan va so‘nggi yillarda keng ommalashib
borayotgan maqsadli fondlar va hayriya fondlari bunga misol bo‘ladi.
Jamoat tashkilotlari moliyasi quyidagi munosabatlarni o‘z
ichiga oladi:
jamoat tashkilotlari va ularning a’zolari o‘rtasidagi jamoatga
kirish va a’zolik badallarini to‘lash, shuningdek jamoat tashkiloti
bo‘yicha har xil to‘lovlar va imtiyozlarni qo‘llash;
jamoat
tashkilotlarining
korxonalar,
ishlab
chiqarish
birlashmalari va tashkilotlar bilan moliyaviy munosabatlari. Korxo-
nalar tomonidan hayriyalar, shuningdek har xil madaniy tadbirlar va
ko‘rgazma, festivallar o‘tkazish uchun mablag‘lar ajratish;
jamoat birlashmalari ichida fondlarni tashkil qilish va foyda-
lanish bo‘yicha (ish haqi fondi, kapital qo‘yilmalar) munosabatlar;
yuqori va quyi turuvchi jamoat tashkilotlari o‘rtasida
daromadlarini yuqori tashkilotga o‘tkazish yoki yuqori tashkilotdan
yordam olish;
jamoat tashkilotlari va ularga bo‘ysinuvchi xo‘jalik-ishlab
chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar.
Jamoat tashkilotlari moliyasining shakllanishida birinchi omil
fuqarolarning o‘z xohishiga ko‘ra birlashishi asosida yuzaga
kelishidir. Shuning uchun pul fondlarini moddiy bazasi sifatida
shakllantirish va ulardan foydalanish o‘z xususiyatlariga ega. Mab-
lag‘lar tushishining asosiy manbai birlashmalarga kirish va a’zolik
badallaridan tashkil topadi. Ikkinchi omil, jamoat birlashmalari
ma’lum mulkka (imoratlar va asbob-uskunalar), korxonalar va ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan (sanoat, qurilish, nashriyot va
boshqalar), shuningdek, moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ladi. Jamoat
birlashmalari ulush asosidagi mulkka ham ega bo‘lishi mumkin
(masalan, tijorat banklari, qo‘shma korxonalar va boshqalarni tashkil
etishda). Natijada jamoat tashkilotlari moliyasi davlat tomonidan
qisman boshqariladi, lekin asosan nizom bilan belgilangan bo‘ladi.
Jamoat birlashmalarining nizomida uning maqsadlari, vazifalari va
boshqa tizimlar bilan hamkorlikning yo‘nalishlari, shuningdek
moliyaviy-moddiy
ko‘rinishdagi
mablag‘larning
shakllanish
tamoyillari o‘z aksini topadi.
109
Jamoat birlashmalarining mulkidan foydalanishning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, u ayrim olingan a’zolar uchun daromad
manbai bo‘ladi. Jamoat birlashmalarining barcha daromadlarlari
umumiy xizmat ko‘rsatishga, nizom ehtiyojlarini to‘la qondirishga
yo‘naltiriladi. A’zolik badallarini to‘lash va u yoki bu ko‘rinishdagi
moddiy yordam olish o‘rtasida hech qanaqa bevosita bog‘liqlik
mavjud emas.
Jamoat birlashmalarining moliya rejasidagi daromad qismi
jamoatga kirish va a’zolik badallaridan, xo‘jalik asosidagi
korxonalarning faoliyatidan va pulli tadbirlar asosida yuzaga
keladigan daromadlardan tashkil topadi. Ijodiy birlashmalarni
moliyalashtirish manbai bo‘lib, shuningdek korxona va tashkilotlar
foydasidan ajratiladigan maxsus pul ajratmalari ham bo‘lishi
mumkin. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi
bo‘yicha, bu ko‘rinishdagi foydadan ajratmalar daromad solig‘idan
ozod etilgan.
So‘nggi yillarda jamoat birlashmalari nafaqat bepul, balki pulli
xizmatlar
doirasini
(sport
seksiyalari,
tikuvchilik kurslari,
sihatgohlarga yo‘llanmalar va h. k.) va ularning daromad manbasini
kengaytirmoqda. Bundan tashqari ayrim jamoat birlashmalari
daromadlari tarkibida davlat byudjetidan ajratmalar ham bo‘lishi
mumkin.
Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyaviy rejalarining
xarajatlar qismida, jamoat birlashmalarining asosiy faoliyati va ular
apparatini saqlash, kapital qurilish va kapital ta’mirlash, ma’muriy
xo‘jalik xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi.
Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyaviy rejasining xarajat
moddalarini aniqlashtirish mazkur birlashmalarning faoliyat
xususiyatidan kelib chiqadi.
Ko‘pchilik jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyaviy
rejalarida halqaro aloqalar bo‘yicha xarajatlar ham ko‘zda tutiladi.
Bunday xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: xorijiy delegatsiya
vakillarini mamlakat ichida qabul qilib olish va chet ellarga safar
xarajatlari, xalqaro seminarlar, kongresslar, uchrashuvlar tashkil
etish xarajatlari. Ayrim holatlarda ushbu xarajatlar halqaro
tashkilotlarga a’zolik badallari uchun ham ishlatilishi mumkin, bunda
110
ushbu jamoat birlashmalari xalqaro tashkilotning haqiqiy a’zosi
bo‘lmog‘i lozim. Jumladan, mamlakatimiz sport federatsiyalari:
- alohida sport turlari bo‘yicha xalqaro sport federatsiyalariga
a’zolik badallarini to‘laydilar;
- xalqaro federatsiya o‘tkazayotgan sport tadbirida ishtirok etish
uchun qatnashish badallarini to‘laydi;
- o‘yinlardan tushgan mablag‘lardan ajratmalar qiladilar.
Jamoat tashkilotlari va birlashmalari o‘z nizom faoliyatiga ko‘ra
odatda davlat byudjeti oldida hech qanday moliyaviy majburiyatlarga
ega emas.
Jumladan, faxriylar, nogironlar jamoat birlashmalari, Qizil
yarim oy jamiyati, ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati va h. k.
lar soliqlardan to‘la ozod etilgan.
Jamoat birlashmalari qoshida faoliyat yurituvchi korxonalar
tijorat hisobi tamoyilida faoliyat yuritadilar. Shuning uchun ular
moliyasini tashkil etish boshqa korxonalardagi asosiy xususiyatlar
bilan umumiy bo‘lib, asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar doiraviy
aylanishini tashkil etish (nizom fondini shakllantirish), foyda olish va
taqsimlash, byudjet bilan hisob-kitoblar odatdagi tartibda amalga
oshiriladi.
Xo‘jalik
faoliyatidan
daromadlarning
o‘sishi
jamoat
birlashmalariga o‘z mulkini ko‘paytirish va umumiy daromadlar
so‘mmasida a’zolik badallari ulushini kamaytirish imkonini beradi,
jumladan, qurolli kuchlarga ko‘maklashuv ko‘ngilli jamiyatlarida
xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar uning 80% atrofidagi
xarajatlarini, a’zolik badallari esa, taxminan 20% ini qoplashga
imkon berdi. Kinochilar uyushmasi, rassomlar uyushmasida a’zolik
badallarining jami daromadlardagi ulushi 3% dan ortmaydi.
Dostları ilə paylaş: |