127
2. Qonunda ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta obyektlarini
hammasini sug‘urtaga qamrab olish. Buning uchun sug‘urta organlari
mamlakatda har-yili sug‘urtalangan
obyektlarni, hisoblangan
sug‘urta badallarini va ularni o‘rnatilgan
muddatlarda undirilishini
hisobga olib boradilar.
3. Qonunda ko‘rsatilgan obyektlarga majburiy sug‘urtaning
avtomatik ravishda qo‘llanilishi.
Sug‘urtalanuvchi xo‘jalikda
sug‘urtaga tegishli yangi obyekt paydo bo‘lganligi haqida sug‘urta
organlariga xabar berishi shart emas. Bu mulk sug‘urta sohasiga
avtomatik ravishda qo‘shiladi. Navbatdagi ro‘yxatga
olish davrida
hisobga olinadi va sug‘urtalanuvchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan
sug‘urta badallari ko‘rsatiladi.
4. Majburiy sug‘urtani sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’iy
nazar amal qilishi. Agarda sug‘urta qildiruvchi tegishli sug‘urta
badallarini to‘lamagan hollarda, badallar sud orqali undirib olinishi
mumkin. Sug‘urta badallari to‘lanmagan mulkni talofat ko‘rishi yoki
shikastlanish hollarida sug‘urta to‘lovlari to‘lanaveradi, faqatgina
sug‘urta badallari bo‘yicha qarz va
kechiktirilgan kunlar uchun
jarima so‘mmasi ushlab qolinadi.
5. Majburiy sug‘urtaning muddasizligi. Majburiy sug‘urta
sug‘urtalanuvchi sug‘urtalangan obyektdan foydalanish davrining
to‘la qismida amal qiladi. Mulkni boshqa shaxsga o‘tishi bilan ham
sug‘urta to‘xtatilmaydi. U faqatgina sug‘urtalangan mulk to‘la talofat
ko‘rgandagina o‘z kuchini yo‘qotadi.
6. Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minotining
me’yorlashtirilishi. Sug‘urtaviy baholash va sug‘urtaviy
qoplash
tartibini soddalashtirish maqsadida sug‘urta bahosiga nisbatan
foizlarda yoki bir obyektga so‘mlarda sug‘urta ta’minotining
me’yorlari belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: