Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

mahalliy 
byudjetlarga 
biriktirilgan 
daromad manbai
hisoblanadi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar quyidagilardan iborat: 
1.
Mol-mulk solig‘i; 
2.
Yer solig‘i; 


162 
3.
Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq; 
4.
Savdo huquqini olish uchun yig‘im va tovarlarning ayrim 
turlari, jumladan, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari bilan 
savdo qilish huquqini olish uchun litsenziya yig‘imlari; 
5.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 
hamda jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar tarkibida 
birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va 
yig‘imlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini to‘lashda 
yetarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. Mahalliy byudjet 
balansliligini ta’minlash uchun byudjet parametrlarini belgilash 
vaqtida yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan dotatsiya va 
subvensiya miqdorlari belgilanadi.
Respublika 
byudjetidan 
subvensiyalar 
va 
dotatsiyalar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar byudjetlaridan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari 
tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar 
doirasida ajratiladi. Ularning miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1.
Hududning moliyaviy holatiga o‘z daromadlari bazasining 
yetarliligiga; 
2.
Ijtimoiy – iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa 
umumdavlat dasturlari va vazifalariga; 
3.
Hududlar bo‘yicha tovar ( ish, xizmat)lar qiymatidagi farq; 
4.
Har bir hududdagi aholi soniga; 
5.
Byudjet 
assignovasiyasidagi 
hududlarda 
joylashgan 
tashkilotlar ehtiyojlarga ; 
6.
Mintaqalarda moliyaviy disbalansni yo‘qotishga ta’sir etuvchi 
boshqa omillar.
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi 
Qonuniga asosan mahalliy byudjetlarga bir qancha cheklovlar 
belgilangan. Mahalliy byudjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga 
ega bo‘lishi kerak, mahalliy byudjetlarning taqchilligiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 


163 
Mahalliy byudjetlarni qabul qilish va ijro etishda: 
1.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga 
jamg‘armalar tashkil etishga; 
2.
Mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetdan 
quyi byudjetga beriladigan ssudalar bundan mustasno); 
3.
Byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘dan ortiqroq 
mablag‘ sarflashga; 
4.
Byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga 
moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; 
5.
Yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin