O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY va O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI O‘ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanidan
KURS ISHI Mavzu: Xorazm maqomlarining chertim yo’llari
Bajardi:AXXD fakul’teti” “Xor xonandaligi” 2-kurs talabasi DaloydinovaM. Tekshirdi: “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” katta o‘qituvchisi Zokirov A.R.
TOSHKENT-2020
Reja:
I. KIRISH.
1. Xorazm maqomlarining kelib chiqish tarixi.
II. ASOSIY QISM.
1. “Xorazm musiqiy tarixchasi’’ kitobi.
2. Xorazm maqomlarining Buxoro maqomidan farqi.
3. Xorazm maqomlarining chertim yo’llari (mansurlari)
III. XULOSA.
VII. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
V.Ilova
Xorazm maqomlari
Mashxur Xorazm musiqachilaridan Matyusuf Xarratov (1881-1953) o’zining “Xorazm musiqiy tarixchasi” kitobida maqomlarni XIX asr boshlarida atoqli sozanda va bastakor Niyozjon Xo’ja Buxorodan o’rganib kelganligini va Xorazmga tarqatganini aytadi. Bu fikrni tasdiqlaydigan boshqa manbalar ham mavjud. XIX asr birinchi choragida Xorazm maqomlariga aytilgan she’r matnlarini o’z ichiga olgan juda ko’p to’plamlar mavjud.Bu to’plamlar shashmaqomning Xorazmda yoyilishi munosabati bilan tuzilgan bo’lib uni Xorazmda mashxur bo’lganini ko’rsatadi. Bundan tashqari, to’plamlardan o’sha davrda Xorazmda ijro etilgan maqom yo’llarining nomlarini ham aniqlash mumkin. To’plamlarda keltirilgan maqom sho’balari va boshqa qismlari nomi shuni ko’rsatadiki, u davrlarda Xorazm maqomlari xozirdagidan ko’ra to’liqroq bo’lgan va anchagina qismi bizgacha yetib kelmagan. Maqomlarning yuzaga kelishi, tarixiy taraqqiyotida xorazmlik bastakor sozandalar hissasi ham juda katta bo’lganini aytib o’tmoq zarur. Juda qadimiy, boy madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan Xorazm musiqa soxasida ham yirik siymolarni yetishtirdi.Shashmaqom Buxorodan Xorazmga olib kelingan ekan, bu yerda maqomlarni chuqurroq ildiz otishi mashxur bo’lib ketishi uchun butun shart sharoitlar mavjud edi. Xorazmlik bastakorlar shashmaqomni ijodiy o’zlashtirdilar va uning qiyofasiga katta o’zgarishlar kiritdilar. Xorazm maqomlari, Buxoro maqomlarining ma’lum varianti bo’lgan ekan,ularning kuy mavzui, tuzulishi, kuy va ashula tarkibidagi unsurlari, doira usullari, takt-ritm va ashulalarga aytiladigan she’r o’lchovlari jihatidan bir- biridan tubdan farq etmagan. Bu o’rinda Buxoro va Xorazm maqomlari tarkibida juda ko’p peshrav aylanmalari va namudlar qariyb bir biridan farqlanmasligini aloxida uqtirib o’tish lozim. Shashmaqom Xorazmda har tomonlama o’zgarishlarga uchradi, yangi sharoit, yangi muhit va shinavandalar tabiga moslashtirildi. Xorazm maqomlari Buxorodan kirib kelganini va ularga ko’p yangiliklar kiritilganini ro’yxatlardan tashqari, Shashmaqomga aytilgan she’r to’plamlaridan ham ko’rish mumkin. Xorazm maqomlari ham Shashmaqomdagi kabi ikki bo’limdan iborat. Ularning cholg’u yo’llari Mansur, ashula yo’llari esa manzum deb ataladi. Xorazm maqomlari kitobida esa, cholg’u yo’llari chertim yo’li, ashula yo’llari aytim yo’li, deb ataladi. Matyusuf Xarratovning ko’rsatishicha, Xorazm maqomlari quyidagi tartibda sanaladi: Rost, Navo, Segoh,Dugox, Buzruk va Iroq. Uning aytishicha xorazmlik musiqachi – bastakorlar Shashmaqom tarkibiga Panjgoh nomli yettinchi maqom qo’shganlar. Bu maqom faqat cholg’u yo’llaridagina iborat bo’lib yarim maqom hisoblanardi. Xorazm maqomlarining bir yarim asrcha o’tgan davr ichida bosib o’tgan taraqqiyot yo’lini manbalarda keltirilgan maqom, sho’balar va ularning qismlari nomlanishidan ham bilib olish mumkin. Shunday qilib mazkur manbalarni bir- biriga taqqoslab ko’rilsa, Xorazm maqomlarining bir yarim asr davomida bosib o’tgan tarixiy yo’li va shu davr ichida maqomlar tarkibida sodir bo’lgan o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Xorazm maqomlarining chertim yo’llari (mansurlari)
Ma’lumki, Shashmaqom cholg’u bo’limlarida Tasnif, Tarje’, Gardun Muhammas, Saqil, Samoiy kabi nomlar uchrasa, ashila bo’limlarida Saraxbor, Talqin,Nasr,Ufarlar Savt va Mog’ulcha kabi sho’balar mavjuddir. Xorazm maqomlarida bu nomlarning ba’zilari (Savt, Mog’ulcha kabi sho’balar) butunlay uchramaydi chunki Savt va Mog’ulchalar so’ngi davrlarda maqomlarni Xorazmda tarqalganidan so’ng yaratilgan edi. Xorazm maqomlarida esa maqom qismlarining nomi Peshrav,Suvora, Naqsh, Faryod, Sayri Gulshan, Zarbul Futx, Foxtiy Zarb kabi nomlar bilan almashtirilgan. Bu nomlarni (Sayri Gulshandan tashqarilari) Xorazm maqomlarida qo’llanilishi tasodifiy hol emas, albatta, balki o’zining uzoq tarixiy asoslariga ega. Maqomlar cholg’u va ashula bo’limlarining bosh yo’llari Tasniflar va Saraxborlar Xorazmda tegishli maqomlar nomi bilan- Maqomi Rost, Maqomi Buzruk, Maqomi Navo, Maqomi Dugoh, Maqomi Segoh, Maqomi Iroq tarzida aytiladi. Xorazmda ham maqom cholg’u yo’llari hona va bozgo’ylardan tashkil topgan.Tasnifi Rost o’rnida keladigan Maqomi Rost o’zining kuy qiyofasi jixatidan Buxorocha shaklidan bir oz farq etadi.Xorazm variantida bozgo’y kengroqdir. Xorazm maqomlariga hos bo’lgan yana bir narsa shuki cholg’u yo’llari ham Ufarlar bilan yakunlanadi. Ufari Rost esa Xorazmcha Tarjei Rost asosida yaratilgan. Shunday qilib, Rost maqomi cholg’u yo’llari Shashmaqomdagi otdosh qismlardan ba’zan farqlanar ekan, bu narsa ularning nomlarini almashtirib yuborilganligini natijasida sodir bo’lgan. Xorazm variantidagi cholg’u qismlarda, hatto bastakorlar yaratgan yangi cholg’u yo’llarida ham Shashmaqomning kuy va ashulalaridagi unsurlar yaqqol seziladi. Boshqa maqomlarni ham olib qaraylik, Tasnifi Buzrukning xorazmcha varianti Saraxbori Buzrukning huddi o’zidir. Peshravi Buzruk Shashmaqomdagi Tasnifi Buzrukning qisqaroq shaklidir.Bunda kuy Shashmaqomdagi lad tonallikning IV pog’onasidan emas, V pog’onasidan boshlanib, bozgo’yga ulanib ketadi. Peshravi Buzrukda bozgo’y 8 taktdan 4 taga qisqartirilgan. “Xorazm maqomlari’’ kitobida kalit oldiga ikki diyez qo’yilgan. Tonika esa re notasining o’rniga mi notasi bo’lib qolgan. Bu ham maqomlar uchun g’ayri tabiiy xol bo’lib, Muxammasi Buzruk, Saqili Islimxon, Saqili Niyozxo’ja, Saqili Sulton qismlarida ham lad tonallik pardalari to’g’ri olinmagan. Ufari Buzruk Maqomi Buzruk (Tasnif) yo’lining ritmik variantidir. Navo maqomining cholg'u yo'llariga kelsak, Tasnifi Navoning Xorazm variantida deyarli o'zgarishlar uchramaydi. Lekin Buxoro variantida bozgo’y IV-XII xonalardan keyin, ya’ni ikki martagina keladi. Xorazmcha shaklida bozgo’y har bir xonadan keyin takrorlanadi. Bunga sabab ularni xorazmlik bastakorlar kiritganlar yoki Xorazmda uning dastlabki shakli saqlanib qolgan, deb o’ylash mumkin. Buxoroda, esa, keyinchalik u qisqartirilgan. Tarjei Navo Xorazm variantida Peshrav I bo’lib, bastakorlar uning asosida bir necha peshrav variantlarini yaratganlar. “Xorazm maqomlari’’ kitobida Garduni Navo, Nag’mai Oraz, Muxammasi Xusayniy berilmagan. Muxammasi Bayot esa Buxoro variantining huddi o’zidir.Saqili Navo ikkala variantda farq etmaydi. Xorazm variantida hona, bozgo’ylar 24 takt o’rniga 22 taktda berilgan. Doira usuli esa, kuy boshlanishidagi 4 takt 2taktga qisqartirilib tezlashtirilgan. Nimsaqil Navoning Ufari ham Xorazmda yaratilgan. Maqomi Dugox (Tasnifi Dugox) ham Saraxbori Dugoxning o’zidir. Bunda hatto ashula yo’lidagi daromad, miyonparda , dunasr va namudlar ham saqlangan. Peshravi Dugox esa Tasnifi Dugoxning 4 parda yuqoridan boshlangan va qisqartirilgan variantidir. Zabul- Fatx Peshravi Dugoxning Buxoro varianti asosida yaratilgan. Lekin, bir parda yuqori boshlangan. Saqili Ashkullo Xorazm va Buxoro variantlarida farq etmaydi. Muxammasi Dugox ham ikkala variantda ham ba’zi farqlar bilan beriladi. Bu yerda xonalar o’rni almashtirilgan, binobarin, bozgo’ylar tubdan farq etadi. Xorazm varianti murakkabroq, puxtaroq ishlangan.Samoiy Dugox variantlari kuy tuzulishi jihatidan bir biridan hech farq etmaydi. Faqat doira usuli bir oz o’zgargan.Poxtiy zarb xorazmlik musiqachilar tomonidan bastalangan bo’lib, bunda Muxammasi Bayot unsurlaridan foydalanilgan. Dugoxning cholg’u bo’limidagi Ufarni Samoiy Dugox Ufari, desa bo’ladi. Maqomi Segohning cholg’u yo’llari quyidagichadir: Maqomi Segoh(Tasnif) Saraxbori Segoh asosida yaratilgan bo’lib, unga bozgo’ylar kiritilgan. Saqili Bastanigor Xorazm variantida bir parda yuqori berilgan, binobarin, nota kaliti oldida ikki diyez qo’yishga to’g’ri kelgan. Doira usuli esa, 24 taktdan ikki taktga qisqartirilgan. Huddi shuningdek, Muxammasi Segoh I-II ham bir parda yuqori olingan bo’lib, ikkinchisining usuli 2- takt, ya’ni notog’ridir. Muxammasi Segoh II Buxoro variantlarida asosan farq etmaydi. Xorazm variantida kuy bozgo’ydan boshlanib, birinchi xona tushurib qoldirilgan hamda unga boshqa yangi bozgo’y kiritilib, Ufari Segoh Buxoro variantidagi bozgo’y hona tarzida berilgan. Ufari Segoh Maqomi Segohning Ufar usulidagi variantidir. Maqomi Iroq cholg’u yo’llarining boshlanadigan pardalari butunlay noto’g’ri berilgan. Tonika “lya’’ kichik oktava bo’lishi lozim. Maqomi Iroq (Tasnif) Saraxbori Iroq asosida,Tarjei Iroq – Tasnifi Iroq asosida yaratilgan. Peshravi Iroq I-II xorazmlik bastakorlar tomonidan yaratilgan. Muxammasi Iroq Buxoro va Xorazm variantlarida asosan farq etmaydi. Xorazm variantida bir parda yuqori boshlangan. Saqili Iroq va Ufarni xorazmlik bastakorlar yaratgan. Buxoro va Xorazm maqomlari taqqoslab ko’rilar ekan, bunda avvalo maqom yo’llarining lad asosi, kuy xarakati binobarin, ularning boshlanish pardalari ladlarga muvofiq tarzda hisobga olinishi lozim. Aks holda ma’lum kuy butunlay boshqa- boshqadek, tuyuladi
Xulosa
Xulosa: xulosa qilib aytganda Xorazm maqomlarining ayniqsa cholg’u yo’llarida katta o’zgarishlar yuzaga kelgani, yangidan yangi cholg’u qismlar yaratilganligi,cholg’u yo’llarining nomlarini o’zgartirilganligi, ularning biri o’rniga ikkinchisini variantlar tarzida ishlatilganligi hamda lad tonallik nuqtai nazaridan qaraganda esa kuylarning boshqa pardalarda ijro etilganligini hamda doira usullarining qisqartirilganligi va shu kabi Buxoro va Xorazm maqomlarida yuzaga kelishiga sabab bo’lganini bilib oldim. Bundan tashqari sozandalarning o’ziga xos ijro uslubi bo’lganidek, kuylarni xar bir sozanda turlicha ijro etilishini va shu sababli bir sozanda ijrosida notaga olingan kuy ikkinchisiga xar tomonlama mos kelavermasligi va bunda o’zgarishlar yuzaga kelishini bilib oldim. Ijro maxoratida maqom yo’llari notada ifoda etilgandek chalinavermasligini bilib oldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Otanazar Matyoqubov.Maqomot. Toshkent,2004.
2.Isxoq Rajabov. Maqomlar. Toshkent,2006.
3. Zokirjon Oripov. Sharq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar). Toshkent 2008
4. Internet saytlari:Maqom.uz, Meros.uz, Shashmaqom.uz, Classicmusic.uz